Erl Grey choyi va limon solib pishirilgan keks
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
270 gramm shakar
-
4 ta tuxum
-
10 gramm Erl Grey choyiquruq choyi
-
6.5 gramm qabartma
-
230 gramm un
-
120 gramm 35 %li yog'li qaymoq
-
85 gramm sariyog'
-
Glazuriga:
-
300 gramm shakar upasi
-
60 millilitr limon sharbati1.5-2 dona
-
1 o'ramcha Erl Grey quruq choyi
Yo’nalishlar
Limonli choylarni hamma sevib iste’mol qiladi. Xo’sh, limon va choy solib pishirilgan keks ham, shunday mazalimikan?
Albatta! Bir marotaba pishirib ko’rib, so’ng bu ta’mni unuta olmasligingiz aniq.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
270 gramm shakar | |
4 ta tuxum | |
10 gramm Erl Grey choyi | |
6.5 gramm qabartma | |
230 gramm un | |
120 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
85 gramm sariyog' | |
Glazuriga: |
|
300 gramm shakar upasi | |
60 millilitr limon sharbati | |
1 o'ramcha Erl Grey quruq choyi |
Qozonchaga qaymoq va quruq choyni solib, qizdiramiz. So'ng sariyog'ni solib, to'liq erigunga qadar kovlab turamiz. Choy shammasi maydalanib ketishi uchun blenderda yaxshilab maydalaymiz.
Alohida idishga un bilan qabartmani elab solamiz.
Tuxum bilan shakarni alohida idishga solib, mikserda yaxshilab ko'pirtiramiz. Oqimtir va cho'ziluvchan massa hosil bo'ladi.
Tuxumli aralashma ustidan unni oz-ozdan solamiz va qoshiq yoki oshxona "lopatka"si bilan aralashtirib olamiz.
Xamir ustidan qaymoqni quyib, yana aralashtirib olamiz.
Pishiradigan qolipimizga pergament qog'oz to'shab, xamirni quyamiz.
Pechni 160 C darajaga qizdiramiz va keksni qo'yib, 45-60 daqiqa davomida pishirib olamiz. Tayyor bo'lganini gugurt cho'pi yordamida tekshirib ko'ramiz.
Pishgan keksni olib, qolipining o'zida sovutamiz.
Glazuriga:
Qozonchaga limon sharbatlarini siqib quyamiz va gazga qo'yib, qaynash darajasiga keltiramiz. O'ramchali choyni solib, biroz qaynatamiz. So'ng gazdan olib, shakar upasini solamiz va mikserda yaxshilab ko'pirtirib olamiz. Suyuqlik 60 ml bo'lishi shart. Agar qaynash jarayonida bir qismi bug'lanib ketsa, unda yana ozroq soling.
Glazurni keksning ustidan bir maromda quyib, 60 C darajada qizigan pechda, 20 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
270 gramm shakar | |
4 ta tuxum | |
10 gramm Erl Grey choyi | |
6.5 gramm qabartma | |
230 gramm un | |
120 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
85 gramm sariyog' | |
Glazuriga: |
|
300 gramm shakar upasi | |
60 millilitr limon sharbati | |
1 o'ramcha Erl Grey quruq choyi |