«Lakomka» kremli bulochkalari
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
200 millilitr iliq sut
-
bir chimdim tuz
-
1 choy qoshiq quruq xamirturush
-
100 gramm shakar
-
100 gramm margarin yoki sariyog'
-
2 ta tuxum
-
600 gramm un
-
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
-
Kremiga:
-
4 ta tuxum sarig'i
-
40 gramm makkajo'xori kraxmali
-
80 gramm shakar
-
500 millilitr sut
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
150 gramm tozalangan yeryong'oq
Yo’nalishlar
Ko’pchilikka bolaligini eslatib yuboradigan, yumshoq kremli, yeryong’oq ta’miga to’yingan mazali bulochkalar retseptini taqdim etamiz.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
200 millilitr iliq sut | |
bir chimdim tuz | |
1 choy qoshiq quruq xamirturush | |
100 gramm shakar | |
100 gramm margarin yoki sariyog' | |
2 ta tuxum | |
600 gramm un | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut | |
Kremiga: |
|
4 ta tuxum sarig'i | |
40 gramm makkajo'xori kraxmali | |
80 gramm shakar | |
500 millilitr sut | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
150 gramm tozalangan yeryong'oq |
Iliq sutga shakar va xamirturushni solib aralashtiramiz. Ustini sochiq bilan yopib, 15 daqiqa iliq joyga olib qo'yamiz.
So'ng ustidan eritilgan sariyog', tuxum, vanil shakari va tuzni solib, aralashtirib olamiz.
Un sepib, yumshoqina xamir qorib olamiz. Xamirni ustini yopib, 1-1.5 soatga iliq joyga olib qo'yamiz.
Xamir ikki hissaga ko'tarilishi kerak.
Tuxum sarig'i ustidan shakar va vanil shakarini solamiz. SAnchiq yoki venchikda ko'pirtirib olamiz. Ustidan 100 ml sut va kraxmalni solamiz. Aralashtiramiz.
100 ml sutni qaynash darajasiga keltirib, ustidan oz-ozdan kraxmalli aralashmani quyamiz.
Past olovda krem quyuqlashguncha muntazam kovlab turib, qaynatib pishiramiz.
Tayyor kremni boshqa idishga quyib, ustini oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopamiz. Bunda pelyonka kremga tegib turishi kerak. Sovuq joyga olib qo'yamiz.
Tayyor oshgan xamirni olib, uni 14-16 ta bo'lakka bo'lamiz.
Har bir xamir bo'lagini aylanasi 8-10 sm kattalikda yoyib olamiz va ikki buklab, ya'ni yarim oy shaklini berib, pergament qog'oz ustiga terib chiqamiz.
Ustini sochiq bilan yopib, 15-20 daqiqa iliq joyga olib qo'yamiz.
Bulochkalar ustiga tuxum sarig'i va sutdan surtamiz. 180 C darajada qizigan pechga qo'yib, 25 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishgan bulochkalarni biroz sovutib, so'ng buklagan chetini biroz pichoqda kesamiz va ichini krem bilan to'ldiramiz. Shu joyini maydalangan yeryong'oqqa botirib olamiz.
Bulochkalar tayyor!
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
200 millilitr iliq sut | |
bir chimdim tuz | |
1 choy qoshiq quruq xamirturush | |
100 gramm shakar | |
100 gramm margarin yoki sariyog' | |
2 ta tuxum | |
600 gramm un | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut | |
Kremiga: |
|
4 ta tuxum sarig'i | |
40 gramm makkajo'xori kraxmali | |
80 gramm shakar | |
500 millilitr sut | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
150 gramm tozalangan yeryong'oq |