Videoretsept: qaymoqli qaylada pishirilgan qiymali koptokchalar (mitbollar)
Masalliqlar:
-
Mitbollar
-
400 gramm qiyma
-
1 ta tuxum
-
0.5 piyola quritilgan nonmaydalangan
-
1 bosh piyoz
-
1-2 tishcha sarimsoqpiyoz
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
3-4 osh qoshiq sut
-
0.5 piyola un
-
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
Qayla
-
2 osh qoshiq un
-
2 piyola sabzavotli yoki tovuqli bulyon
-
3 osh qoshiq smetana
-
ta'bga ko'ra maydalangan muskat yong'og'i
Yo’nalishlar
Мitbollar – xuddi frikadelkalardek bo’lib, faqat bular anchagina mazali, oson tayyorlanadigan va hammabop ovqatdir. Agarda ular qaymoqli qaylada tayyorlansa, hali sovumay turib dasturxoningizda qolmasligi aniq.
Bu ovqatni xohishga qarab, kartoshkali pyure, qaynatilgan guruch yoki o’zingizga yoqqan pastalar bilan dasturxonga tortsangiz bo’ladi.
;
Masalliqlar:
Mitbollar |
|
400 gramm qiyma | |
1 ta tuxum | |
0.5 piyola quritilgan non | |
1 bosh piyoz | |
1-2 tishcha sarimsoqpiyoz | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
3-4 osh qoshiq sut | |
0.5 piyola un | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
Qayla |
|
2 osh qoshiq un | |
2 piyola sabzavotli yoki tovuqli bulyon | |
3 osh qoshiq smetana | |
ta'bga ko'ra maydalangan muskat yong'og'i |
1-qadam
Katta idishga qiyma, tuxum, mayda to'g'ralgan piyoz va sarimsoqpiyoz, maydalangan non qotirmasi, tuz va murch solib aralashtiriladi.
2-qadam
Sut qo'shib, yaxshilab aralashtiriladi va silliq holatga kelguncha to'qmoqlanadi.
3-qadam
Qo'llarni ho'llagancha qiymalarga yo'g'onligi 2-3 santimetr keladigan dumaloq shakl beriladi.
4-qadam
Tovaga o'simlik yog'i solinadi va u qizib olguncha mitbollar unga belab olinadi.
5-qadam
Mitbollar qizarguncha hamma tomonidan qovurib olinadi.
Ortiqcha yog'idan qutulish uchun esa ularni qog'oz sochiqqa olib qo'yishning o'zi kifoya.
6-qadam
Mitbollar qovurib olingan tovaga un sepiladi (tovani yuvish shart emas) va to'xtovsiz aralashtirib qizargunicha qovurib olinadi.
Kovlashda davom etib, oz-ozdan bulyon quyiladi.
7-qadam
Qayla biroz quyuqlashgandan so'ng esa smetana va sevimli ziravorlar qo'shiladi.
Qayla qaynash darajasiga kelganida esa, uning ustiga terib chiqiladi.
8-qadam
Qiymali do'mboqchalar qaylada 10 daqiqa davomida dimlab olinadi.
Yangiliklarga boy mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Mitbollar |
|
400 gramm qiyma | |
1 ta tuxum | |
0.5 piyola quritilgan non | |
1 bosh piyoz | |
1-2 tishcha sarimsoqpiyoz | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
3-4 osh qoshiq sut | |
0.5 piyola un | |
3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
Qayla |
|
2 osh qoshiq un | |
2 piyola sabzavotli yoki tovuqli bulyon | |
3 osh qoshiq smetana | |
ta'bga ko'ra maydalangan muskat yong'og'i |