fbpx
Videoretsept: Jeymi Oliverdan tovuqli pirog

Videoretsept: Jeymi Oliverdan tovuqli pirog

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qarsildoq yupqa xamir va ichi to’la asosli bu pirog oson tayyorlanilishiga qaramay, har qanday oddiy kunni bayramga aylantirishi aniq.

Uning afzalligi shundaki, xamir va asosni bir qancha muddat oldindan tayyorlab, muzxonada saqlash mumkinligidadir.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

250 gramm tayyor qatlama xamir
300 gramm tovuq filesi
200 gramm shampinyon
1 bog' ko'k piyoz
40 gramm xantal
20 gramm un
20 gramm o'simlik yog'i
50 gramm smetana
150 millilitr suv yoki bulyon
ta'bga qarab tuz va murch
1 choy qoshiq rozmarin
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
ustiga sepish uchun kunjut
Qadam 1
Tugallandi

Xamirni xona haroratida yumshatib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovuqni o'rtacha kattalikdagi to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz va yog' solingna tovada 4-5 daqiqa davomida qovurib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ustidan tuz, murch va rozmarinni sepamiz. Qo'ziqorin va piyozni mayin to'g'rab solamiz. Sariyog'ni ham ustidan solib, 5-6 daqiqa qovurib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Un, xantal va smetanani qo'shamiz, aralashtirib olamiz. Ustidan suv yoki bulyonni quyib, 15 daqiqa dimlab pishiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Aralashmani qolipga solib, ustini tekislaymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tayyor xamirni 0.5 sm qalinlida yoyib, qolip ustini yopamiz va chetlarini chiroyli ko'rinishda buklab chiqamiz.

Ustiga tuxum sarig'i surtib, kunjutdan sepamiz.

Qadam 7
Tugallandi

190-200 C darajada qizdirilgan pechda 15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Instagramdagi rasmiy sahifasi: @mali_uzb

Facebookdagi rasmiy sahifasi: Mali_uzb

Reklama huquqi asosida

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

250 gramm tayyor qatlama xamir
300 gramm tovuq filesi
200 gramm shampinyon
1 bog' ko'k piyoz
40 gramm xantal
20 gramm un
20 gramm o'simlik yog'i
50 gramm smetana
150 millilitr suv yoki bulyon
ta'bga qarab tuz va murch
1 choy qoshiq rozmarin
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
ustiga sepish uchun kunjut
oldingi
Apelsinli granola
keyingi
«Mazurka» pirogi

2 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.