fbpx
Videoretsept: Mikroto’lqinli pechda pishirilgan bananli keks

Videoretsept: Mikroto’lqinli pechda pishirilgan bananli keks

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Issiq choy bilan birga iste’mol qilish uchun bir necha daqiqada tayyorlasa bo’ladigan mazali shirinlik tayyorlashni istaysizmi? Unday bo’lsa mikroto’lqinli pechda tayyorlaniladigan bananli keks retseptini e’tiboringizdan chetda qoldirmang.

Barcha kerakli masalliqlaringiz qo’l ostingizda bo’lsa, unda tayyorlash jarayoniga 10 daqiqagina vaqt sarflaysiz xolos.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

2 ta banan
2 ta tuxum
100 gramm eritilgan sariyog'
100 gramm shakar
100 gramm un
1 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
2 choy qoshiq dolchin
2 osh qoshiq sut
Qadam 1
Tugallandi

Bananlarni to'g'rab, sanchiq yordamida ezib maydalab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Bananli pyure ustidan shakar, tuxum va eritilgan sariyog'ni solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ustidan un, qabartma, dolchin, tuz va sutni solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni issiqqa chidamli idishga quyamiz va mikroto'lqinli pechda (850-1100 vt) 8 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xohishga qarab, ustiga shakar upasi yoki shokoladli glazur bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

2 ta banan
2 ta tuxum
100 gramm eritilgan sariyog'
100 gramm shakar
100 gramm un
1 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
2 choy qoshiq dolchin
2 osh qoshiq sut
oldingi
Yeryong’oqli pastadan qilingan pechenyelar
keyingi
Apelsinli glazur surtilgan mayizli bulochkalar

1 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.