Kefir solib pishirilgan mazali pechenyelar
Masalliqlar:
-
250 millilitr kefir
-
200 gramm shakar
-
150 gramm sariyog'
-
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
-
500-550 gramm un
-
5-7 dona yong'oq
-
ustiga sepish uchun shakar
Yo’nalishlar
To’satdan mehmonlar kelib qolishdi, ammo sovutgichda kefirdan boshqa hech narsa topilmayaptimi? Hechqisi yo’q, bunday vaziyatlarda kefirda pishiriladigan pechenyelardan tayyorlang.
Pechenye mayin ta’mda pishadi. Xohishga qarab, ustidan har xil yong’oqlar sepish mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 17 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
250 millilitr kefir | |
200 gramm shakar | |
150 gramm sariyog' | |
1 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
500-550 gramm un | |
5-7 dona yong'oq | |
ustiga sepish uchun shakar |
Barcha kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz. Yong'oq o'rniga siz bodom yoki yeryong'oqdan ham foydalanishingiz mumkin.
Sariyog'ni suv bug'iga qo'yib eritib olamiz.
Yong'oqlarni tozalab, maydalab olamiz.
Xona haroratidagi kefirga shakar solib aralashtirib olamiz. Kefir sovuq haroratda bo'lmasligi juda muhim.
Ustidan eritilgan sariyog', un bilan aralashtirilgan iste'mol sodasini solamiz. Avval qoshiqda aralashtirib olamiz, so'ng stol ustiga olib, qo'lda mushtlaymiz. Xamir o'rtacha yumshoqlikda bo'lishi lozim.
Stolga un sepib, xamirni 1 sm qalinlikda yoyib olamiz.
Ustidan maydalangan yong'oq va shakar sepib chiqamiz. Ular yaxshiroq yopishishi uchun esa o'qlov bilan bir marta yurguzib chiqamiz.
Stakan yoki qolipchalar yordamida xamirdan har xil shaklchalar kesib chiqamiz.
Pergament qog'oz ustidan pechenyelarni terib chiqamiz. 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.