fbpx
Videoretsept: Grilda qovurilgan kolbasalar

Videoretsept: Grilda qovurilgan kolbasalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Sizda kechki ovqat tayyorlashda yetarlicha vaqt topilmasa, unda «Kulinar» brendi mahsulotlari sizning yordamchingizga aylanadi.

Tayyorlash jarayoni juda oson bo’lib, u bilan birga tortish uchun har xil salatlar yoki qaylalar tayyorlash mumkin. Bunday yangicha yegulik sizning ham oila a’zolaringizga yoqishi aniq.

Aytgancha  kolbasa po’sti tabbiy mahsulotlardan tayyorlangan bo’lib, ularni tozalamasdan iste’mol qilish mumkin. Undagi ziravorlar esa shunday ta’b bilan tanlanganki, go’shtning ta’miga umuman ta’sir ko’rsatmagan.

Bu brend mahsulotlarini 2018 yil 24 dekabrdan boshlab Toshkentning savdo markazlaridan xarid qilish mumkin.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

1 o'ram Muzlatilgan "Kulinar" kolbasalari
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
200 gramm pomidor
100 gramm bodring
1 bog' rukkola
7-8 dona zaytun mevasi
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab zaytun moyi
yarimta limon sharbati
Qadam 1
Tugallandi

Kolbasani xona haroratida eritib, o'ramidan ochib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Gril tovani qizdiramiz.

O'simlik yog'idan solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Kolbasalarni tovaga terib, har bir tomonidan 6 daqiqadan qovurib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Kolbasalar qovurilguncha salatni tayyorlab olamiz.

Pomidor bodringni to'g'rab, likopchaga solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Rukkolani ham yuvib solamiz, tuz va murch sepamiz. Limon sharbati va zaytun yog'idan quyamiz va aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Issiq kolbasalarni salat, garnir yoki biror bir qayla bi;an birga dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Instagramdagi rasmiy sahifasi: @kulinar.nishonbaxt

Facebookdagi rasmiy sahifasi: Кулинар

Reklama huquqi asosida

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 o'ram Muzlatilgan "Kulinar" kolbasalari
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
200 gramm pomidor
100 gramm bodring
1 bog' rukkola
7-8 dona zaytun mevasi
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab zaytun moyi
yarimta limon sharbati
oldingi
Apelsinli pechenyelar
keyingi
Batafsil fotoretsept: Mak solib pishirilgan biskvitli tort

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.