Zanjabilli yoriq pryaniklar
Masalliqlar:
-
250 gramm un
-
110 gramm suyuq asal
-
70 gramm sariyog'
-
70 gramm shakar upasi
-
1 dona tuxum
-
1/3 choy qoshiq qabartma
-
1/3 choy qoshiq maydalangan dolchin
-
2/3 choy qoshiq zanjabil
-
belab olosh uchun shakar upasi
-
2 osh qoshiq kakao
Yo’nalishlar
Kichkinagina va juda mazali bu prayinklar shokoladga to’yingan bo’lib, tayyorlash jarayoni ham juda oddiydir. Bu retsept har doim kerak bo’lib qolishi mumkin, shu sabab ham uni saqlab olishni unutmang.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 18 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
250 gramm un | |
110 gramm suyuq asal | |
70 gramm sariyog' | |
70 gramm shakar upasi | |
1 dona tuxum | |
1/3 choy qoshiq qabartma | |
1/3 choy qoshiq maydalangan dolchin | |
2/3 choy qoshiq zanjabil | |
belab olosh uchun shakar upasi | |
2 osh qoshiq kakao |
Tuxumni shakar upasi bilan birga ko'pirtirib olamiz. Ustidan suyuq asal va xona haroratida yumshagan sariyog'ni solib aralashtiramiz.
Un, qabartma, dolchin, zanjabil va kakaoni elab olamiz va aralashma ustidan solib qo'lga yopishmaydigan xamir qorib olamiz.
Xamirni yelim xaltaga solib, 30 daqiqa sovutgichga olib qo'yamiz.
Xamirdan bir xil kattalikdagi koptikchalar yasab olamiz va shakar upasiga belab olamiz. Pergament qog'oz ustiga terib, 190 C darajada qizdirilgan gaz pechida ko'pi bilan 12-13 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
250 gramm un | |
110 gramm suyuq asal | |
70 gramm sariyog' | |
70 gramm shakar upasi | |
1 dona tuxum | |
1/3 choy qoshiq qabartma | |
1/3 choy qoshiq maydalangan dolchin | |
2/3 choy qoshiq zanjabil | |
belab olosh uchun shakar upasi | |
2 osh qoshiq kakao |