fbpx
  • Asosiy
  • Ispancha «Crema Catalana» suflesi
Ispancha «Crema Catalana» suflesi

Ispancha «Crema Catalana» suflesi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Balki siz bunday shirinlikni tayyorlash mushkul ish deb o’ylarsiz. Ammo unday emas, bu mashg’ulotda eng qiyini uning sovishini kutish hisoblanadi.

Crema catalana — bu krem-bryulening ispancha ko’rinishidir.

Tayyorlaniladigan shirinlikka taxminan 5 000 so’m sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

500 millilitr sut
15 gramm makkajo'xori kraxmali
5 ta tuxum sarig'i
100 gramm shakar
1 dona dolchin tayoqchasi
yarimta limonning oq rangli qavati ustidagi sariq po'sti emad, uning ostidagi oq rangi
Qadam 1
Tugallandi

Qozonchaga sut, limonning oq rangli qatlami vavdolchin tayoqchasini solamiz, olovga qo'yib, past olovda qaynash darajasiga keltiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Kraxmal ustidan 2 osh qoshiq suv solamiz, araladhtirib, chetga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Sut qaynagunga qadar, tuxum sarig'i va shakarni oq-sariq rangga kirgunicha yaxshilab ko'pirtiramiz.

Ustidan kraxmal va 2 osh qoshiq sutdan solib aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Sutdan limon po'sti va dolchinni olib tashlaymiz, ustidan tuxumli aralashmani solib, quyulguniga qadar tinmasdan aralashtirib turamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Kremni mayda idishchalarga solamiz, sovugandan so'ng ustini oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopib, sovutgichga bir kechaga olib qo'yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Bu desertni odatda usti kuygan shakar bilan tortishadi. Buning uchun ustidan shakarni bir qavat sepib, maxsus moslama bilan uni yondirishadi. Shunda usti tillarangga kiradi. Agarda sizda bunday imkoniyat bo'lmasa, unda uni boricha dasturxonga torting. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 millilitr sut
15 gramm makkajo'xori kraxmali
5 ta tuxum sarig'i
100 gramm shakar
1 dona dolchin tayoqchasi
yarimta limonning oq rangli qavati ustidagi sariq po'sti emad, uning ostidagi oq rangi
oldingi
Ozarbayjoncha «Bodombura» pishirig’i
keyingi
«Xrizantema» go’shtli pirogi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.