Tovuq yurakchalaridan taylandcha taom
Masalliqlar:
-
800 gramm tovuq yurakchasi
-
200 gramm piyoz
-
200 gramm sabzi
-
100 gramm qizil bulg'or qalampiri
-
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
2 osh qoshiq soya qaylasi
-
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
Qaylasiga:
-
1 osh qoshiq 9% li sirka
-
30 millilitr suv
-
1 osh qoshiq shakar
-
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
1 choy qoshiq kraxmal
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Tovuq yurakchalari oqsilga boy mahsulot ekanligidan xabardirmisiz? Bundan tashqari ular juda ham foydali mahsulot sanaladi. Taylandcha bu taomni tayyorlash juda oddiy bo’lib, ularni xohlagan gazaklar bilan birga tortiladi.
Tortishdan oldin limon po’sti, to’g’ralgan ko’katlar va sedana sepib bezatamiz.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 15 000 so’m sarflanadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtda amal qiladi.
Masalliqlar:
800 gramm tovuq yurakchasi | |
200 gramm piyoz | |
200 gramm sabzi | |
100 gramm qizil bulg'or qalampiri | |
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
2 osh qoshiq soya qaylasi | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
Qaylasiga: |
|
1 osh qoshiq 9% li sirka | |
30 millilitr suv | |
1 osh qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
1 choy qoshiq kraxmal | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Yurakchalarni ortiqcha yog' va pelyonkalaridan tozalab olamiz. To'tga bo'lib, qon quyqalaridan yaxshilab yuvib tozalaymiz.
Idishga solib, ustidan soya qaylasini solamiz.
Tovaga yog' solib, yurakchalarni qovuramiz. Ustidan sarimsoqpiyozni mayda to'g'rab solamiz va 10 daqiqa birga qovuramiz. Undan suyuqlik ko'p miqdorda ajraladi. Qopqog'ini yopib, olovni pasaytiramiz va suvi butkul tugaguncha dimlab pishiramiz.
Piyozni yarim parrak qilib to'g'raymiz va tovadagi masalliqlar ustidan solamiz, 2-3 daqiqa qovuramiz.
Sabzini yupqa somoncha qilib to'g'raymiz, tovaga solamiz, ustidan katta-katta to'g'ralgan bulg'or qalampirni solib, birga 7-8 daqiqa qovuramiz.
Qaylasini tayyorlab olamiz. Suvga sirka, shakar, kraxmal va paprikani solib aralashtiramiz. Tovadagi taom ustidan solib aralashtiramiz va birga 3-4 daqiqa pishiramiz.
Tayyor taomni xohlagan gazaklar bilan birga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
800 gramm tovuq yurakchasi | |
200 gramm piyoz | |
200 gramm sabzi | |
100 gramm qizil bulg'or qalampiri | |
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
2 osh qoshiq soya qaylasi | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
Qaylasiga: |
|
1 osh qoshiq 9% li sirka | |
30 millilitr suv | |
1 osh qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
1 choy qoshiq kraxmal | |
ta'bga qarab tuz va murch |