Videoretsept: Laxmajun – turkcha pitsa
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
15 gram quruq xamirturush
-
1 osh qoshiq shakar
-
2 choy qoshiq tuz
-
300 millilitr suv
-
400 gram un
-
Asosiga:
-
300 gramm mol go'shtidan qiyma
-
3 ta pomidor
-
1 bosh piyoz
-
1 dona qizil bulg'or qalampiri
-
1 bog' petrushka
-
bir chimdim maydalangan dolchin
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Laxmajun turk oshxonasi fast-foodlarining qiroli hisoblanib, uni tayyorlash juda oson bo’lib, ortiqcha mahsulotni talab qilmaydi.
Pitsa bilan laxmajunning bir-biridan farqi quyidagicha: laxmajun asosan qo’y yoki mol go’shti qiymasidan tayyorlanib, xamiri pitsanikiga qaraganda sal qattiqroq bo’ladi.
Quyidagi masalliqlardan 14-15 dona kichkina pitsalar hosil bo’ladi.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 19 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
15 gram quruq xamirturush | |
1 osh qoshiq shakar | |
2 choy qoshiq tuz | |
300 millilitr suv | |
400 gram un | |
Asosiga: |
|
300 gramm mol go'shtidan qiyma | |
3 ta pomidor | |
1 bosh piyoz | |
1 dona qizil bulg'or qalampiri | |
1 bog' petrushka | |
bir chimdim maydalangan dolchin | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Xamirturush, shakar, tuz va 1 osh qoshiq unni bitta idishga solamiz, ustidan 100 ml suv solib aralashtirib olamiz.
Aralashmani 15 daqiqa iliq joyda qoldiramiz.
Unga opara va qolgan suvni solib, yumshoqqina, lekin qo'lga yopishmaydigan xamir qoramiz.
Xamirni ustini yopib, 50 daqiqa iliq joyga qo'yib tindiramiz.
Bu vaqt mobaynida xamir ikki hissaga oshishi kerak.
Xamirni bir mushtlab olib, so'ng tuxum kattaligidagi koptokchalar yasab, stol ustiga terib chiqamiz. Ustini sochiq bilan yopib, 20 daqiqaga qoldiramiz.
Pomidorni po'stidan ajratib, mayda to'rtburchak qilib to'g'raymiz.
Piyoz, bulg'or qalampiri va petrushkani mayda to'g'rab olamiz.
Qiyma ustidan to'g'ralgan mahsulotlarni solamiz, ziravorlarni sepib aralashtirib olamiz.
Agar qiyma quruq chiqsa, unda 100 ml suv ham soling.
Xamirni 2 mm qalinlikda aylana qilib yoyamiz. Ustidan 1-1,5 osh qoshiqdan qiyma solib chiqamiz.
So'ng ularni 190-200 C darajada 15 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
15 gram quruq xamirturush | |
1 osh qoshiq shakar | |
2 choy qoshiq tuz | |
300 millilitr suv | |
400 gram un | |
Asosiga: |
|
300 gramm mol go'shtidan qiyma | |
3 ta pomidor | |
1 bosh piyoz | |
1 dona qizil bulg'or qalampiri | |
1 bog' petrushka | |
bir chimdim maydalangan dolchin | |
ta'bga qarab tuz va murch |
2 Sharhlar Hide Comments
Laxmajunni xamiri yuuuuuupqa bo’lishi kere, bunaqa yopkan non bo’lishi keremas
Assalomu aleykum, bu laxmajun ham juda yupqa, rasmga yaqindan tushirganimiz uchun shunday qalinroq ko’ringan 🙂