fbpx
Videoretsept: Shokoladli beze

Videoretsept: Shokoladli beze

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Beze bu havodek yengil, juda mazali shirinlik bo’lib, bugungi shokolad solib tayyorlanilganlari sizlarga ham juda yoqsa kerak.

Bunday bezelar bilan tortlarni bezash, yoki o’zini qahva va choy bilan iste’mol qilish mumkin.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 8 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

3 ta tuxum oqi
bir chimdim tuz
150 gramm shakar upasi
1 choy qoshiq makkajo'xori kraxmali
30-50 gramm qora shokolad
1 o'ramcha vanilin
Qadam 1
Tugallandi

Tuxum oqlarini toza tog'orachaga solamiz, ozroq tuz sepib, mikserda yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Oz-ozdan shakar upasini solib, mikserning yuqori quvvatida ko'pirtirishda davom etamiz. Taxminan 4-5 daqiqa ko'pirtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ustidan kraxmal va vanilinni solib ko'pirtiramiz. Yana 3-4 daqiqa mikserning yuqori bosimida ko'pirtirib olamiz. Yaltiroq va oqib ketmaydigan mustahkam ko'pik hosil bo'ladi.

Qadam 4
Tugallandi

Shokoladni suv bug'ida eritib, ozroq sovutib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Shokoladni bezega solib, qoshiqda sal-sal aralashtirib olamiz. So'ng pergament qog'oz to'shalgan gaz pechi patnisiga qoshiqda solib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

100 C haroratda qizdirilgan gaz pechida bezelarni 2 soat davomida quritib pishiramiz.
Pishgan bezelar yengil va quruq bo'lishi kerak.

Qadam 7
Tugallandi

Ikki soatdan so'ng gaz pechini o'chirib, 1 soatdan so'ng bezelarni gazdan olamiz. Yopiq konteynerlarda ularni 2-3 haftagacha saqlasak bo'ladi. Yoqimli ishtaha!

Azizlar, barcha yangiliklardan birinchi xabardor bo'lishni istasangiz, unda hoziroq sahifamizning o'zbek tilidagi telegram kanaliga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

3 ta tuxum oqi
bir chimdim tuz
150 gramm shakar upasi
1 choy qoshiq makkajo'xori kraxmali
30-50 gramm qora shokolad
1 o'ramcha vanilin
oldingi
«Koul Slou» salati
keyingi
Foydali nonushta – bankadagi mazali suli yormasi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.