Panna Kotta
Masalliqlar:
-
250 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
-
8 gramm jelatin
-
6 osh qoshiq shakarsiz yogurt
-
50 millilitr muzdek suv
-
150 gramm malina
-
0,5 osh qoshiq shakar
Yo’nalishlar
Italyancha sutli desert ko’rinishi jihatidan jelega ham o’xshab ketadi. Bu shirinlikni esa har xil mevalar, karamelli va shokoladli qaylalar bilan ham iste’mol qilish mumkin.
Tayyorlanilishi oson bo’lgan bu shirinlik italyan oshxonasining eng sevimli yeguliklaridan sanaladi.
Tayyorlaniladigan shirinlikka taxminan 15 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
250 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
8 gramm jelatin | |
6 osh qoshiq shakarsiz yogurt | |
50 millilitr muzdek suv | |
150 gramm malina | |
0,5 osh qoshiq shakar |
Jelatinni sovuq suvga ivitib, 20 daqiqaga qoldiramiz.
Qaymoqni qozonchaga solib, past olovga qo'yamiz.
Qaymoq ustidan shakar va ivitilgan jelatinni solamiz.
Muhim! Qaynatmaymiz, faqat qaynatish darajasiga keltiramiz. Jelatin oxirigacha erishi kerak, so'ng uni sovutamiz.
Sovigan aralashmaga yogurtni solamiz va venchik bilan silliq bo'lgunicha aralashtiramiz.
Tayyor aralashmani stakanlarga quyib chiqamiz.
5-10 daqiqaga sovutgichga qo'yamiz.
Desertimiz sovutgichdaligida malinali qavatini tayyorlab olamiz.
Qozonchaga malina va shakarni solamiz va aralashtiramiz.
Shakar erigandan so'ng uni gazdan olamiz va sovutamiz.
Desertni sovutgichdan olib, ustiga malinali aralashmani quyamiz va yana sovutgichga olib qo'yamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
250 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
8 gramm jelatin | |
6 osh qoshiq shakarsiz yogurt | |
50 millilitr muzdek suv | |
150 gramm malina | |
0,5 osh qoshiq shakar |