Tunets balig’i va bulg’or qalampiridan tayyorlanilgan bruskettalar
Masalliqlar:
-
8 osh qoshiq konservalangan tunets balig'i
-
8 bo'lak qora non
-
2 ta bulg'or qalampiri
-
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
1 osh qoshiq 9% li sirka
-
1 osh qoshiq suv
-
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
1 choy qoshiq shakar
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Bilasizmi, ispanlar yengil tamaddi qilishda xamon, tortil’ya va zaytun mevalaridan tashqari bruskettallarni ham sevib iste’mol qilishar ekan.
Ispaniyaga tashrif buyurganingizda esa siz qo’rqmasdan «Atún con pimiento» dan buyurtma berishingiz mumkin.
Bu konservalangan tunets balig’i va bulg’or qalampiridan tayyorlangan brusketta, 30 daqiqada tayyor bo’lishi bilan sizni quvontiradi.
Bu yegulikning 100 grammi 170 kKal ni saqlaydi.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 20 000 so’m pul sarflaysiz.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
8 osh qoshiq konservalangan tunets balig'i | |
8 bo'lak qora non | |
2 ta bulg'or qalampiri | |
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 osh qoshiq 9% li sirka | |
1 osh qoshiq suv | |
1 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq shakar | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Bulg'or qalampirlarini yuving, artib quriting va issiqqa chidamli gaz pechi qolipiga soling.
Oldindan 180 C qizdirilgan gaz pechida 10 daqiqa davomida pishirib olamiz. Bulg'or qalampiri qizarmagan bo'lsa, unda yana 10 daqiqa pishiramiz.
Bulg'or qalampiri pishgunicha, qaylani tayyorlab oling. Sarimsoqpiyozni ezib piyolaga soling. Tuz, murch, suv, yog' va sirkani soling. Yaxshilab aralashtirib oling.
Bulg'or qalampirlarini olib, sovutamiz va po'stidan osonlikcha ajratib olamiz.
Aralashmani g'alvirdan o'tkazing va uni bilg'or qalampiriga surtib chiqing.
Har bir bulg'or qalampirini to'rtga bo'ling va dumi va urug'chalaridan tozalang.
Likopchaga non bo'laklarini tering, utidan 1 osh qoshiqdan baliq va ustidan bulg'or qalampirlarini qo'yib chiqing. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
8 osh qoshiq konservalangan tunets balig'i | |
8 bo'lak qora non | |
2 ta bulg'or qalampiri | |
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 osh qoshiq 9% li sirka | |
1 osh qoshiq suv | |
1 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq shakar | |
ta'bga qarab tuz va murch |