fbpx
To’ldirilgan shampinyonlar

To’ldirilgan shampinyonlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Ichiga har xil narsalar solib pishiriladigan qo’ziqorinlarni gazak sifatida ham, asosiy taom sifatida ham tayyorlash mumkin.

Vetchina o’rniga siz qaynatilgan go’sht, kolbasa yoki kurka go’shtidan ham foydalanishingiz mumkin.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 17 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

12 dona katta-katta shampinyon
100 gramm piyoz
50 gramm mol go'shtidan vetchina yoki dudlangan go'sht
50 gramm qattiq pishloq
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
50 gramm qizil bulg'or qalampiri
ta'bga qarab tuz va murch
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Shampinyonlarni yoqchalarini uzib tashlaymiz va ichidagi bir qismini qoshiq bilan olib tashlaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sarimsoqpiyozni mayda to'g'rab olamiz va o'simlik yog'ini ustidan solamiz.

Shu aralashmani qo'ziqorinlarga surtib chiqamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Kesilgan qo'ziqorin oyoqchalarini mayda to'g'rab olamiz.

Piyozni ham mayda to'g'rab olamiz va o'simlik yog'i solingan tovada qovurib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Piyoz ustidan to'g'ralgan go'shtni solamiz va ikki daqiqa birga qovuramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qovurilgan masalliqlarimizni alohida idishga solamiz, ustidan bulg'or qalampirini mayda to'g'rab solamiz va ustidan qirg'ichdan chiqarilgan pishloqning yarmini solamiz.

Tuz va murch sepib yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qolipga sariyog' surtamiz va ichiga qo'ziqorinlarni terib chiqamiz, ichiga aralashmamizdan solamiz.

200 C daraja qizdirilgan gaz pechiga qo'yib, 15 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

15 daqiqa o'tgandan so'ng ularni olib, ustidan qolgan pishloqni sepamiz va yana 5 daqiqa davomida pishiramiz.

Bunday usulda pishirilgan qo'ziqorinlarni issiqligida ham, sovib qolganida ham iste'mol qilish mumkin.

Tortishdan oldin ustiga to'g'ralgan ko'katlar sepib bezatish mumkin.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

12 dona katta-katta shampinyon
100 gramm piyoz
50 gramm mol go'shtidan vetchina yoki dudlangan go'sht
50 gramm qattiq pishloq
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
50 gramm qizil bulg'or qalampiri
ta'bga qarab tuz va murch
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
oldingi
Batafsil fotoretsept: «Ptiche moloko» torti
keyingi
Ziravorlar va asal qo’shib pishirilgan tovuq

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.