Tovuq va qovoqchadan salat
Masalliqlar:
-
300 gramm tovuq go'shti (lahm)
-
2 ta qovoqcha
-
2 ta bodring
-
2 ta bulg'or qalampiri
-
4-5 ta pomidor cherry
-
0,5 ta qizil piyoz
-
3 osh qoshiq limon sharbati
-
2 osh qoshiq zaytun moyi
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
Yo’nalishlar
Yengilgina, kechki ovqatni o’rnini bosuvchi, vitaminlar manbai sanaladigan bugungi salatimiz aynan sizlar uchun!
Bu salat bizdan uncha ko’p bo’lmagan masalliqlarni talab qilib, tayyorlanishi ham juda osondir. Sabzavotlar chiqqan mavsumda ulardan to’yib iste’mol qilishga shoshiling.
Masalliqlar:
300 gramm tovuq go'shti (lahm) | |
2 ta qovoqcha | |
2 ta bodring | |
2 ta bulg'or qalampiri | |
4-5 ta pomidor cherry | |
0,5 ta qizil piyoz | |
3 osh qoshiq limon sharbati | |
2 osh qoshiq zaytun moyi | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |
Kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz.
Tovuq go'shtini avval qaynatib, so'ng esa biroz qovurib olamiz. Qovurish jarayonida tuz va murch sepamiz.
Qovoqchani ham to'rtga yoki ikkiga bo'lib to'g'raymiz va o'simlik yog'i solingan tovada qovurib olamiz.
Bodringni yarim oy shaklida, bulg'or qalampirini to'rtburchak, pomidorlarni ikkiga bo'lib olamiz.
Limon sharbati va zaytun yog'ini aralashtirib olamiz.
Barcha to'g'ralgan masalliqlarni tog'orachaga solamiz, ustidan yog'li aralashma solib, tuz va murch sepamiz.
Masalliqlar:
300 gramm tovuq go'shti (lahm) | |
2 ta qovoqcha | |
2 ta bodring | |
2 ta bulg'or qalampiri | |
4-5 ta pomidor cherry | |
0,5 ta qizil piyoz | |
3 osh qoshiq limon sharbati | |
2 osh qoshiq zaytun moyi | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |