Turkcha quymoq
Masalliqlar:
-
2 ta tuxum
-
2 osh qoshiq suv
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
2 dona "pepperoni" kolbasalari yoki xohlagan dudlangan kolbasa
-
yarimta pomidor
-
5 dona zaytun mevasi
-
2 ta shoxcha kashnich
-
20 gramm qattiq pishloq
-
1 choy qoshiq o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Agarda siz nonushtangizni turli-tuman qilishni va dasturxoningizni yangicha taomlar bilan boyitib, yaqinlaringizni lol qoldirishni yaxshi ko’rsangiz unda siz to’g’ri sahifadasiz.
Quymoqning asosini xohishingizga qarab tanlashingiz mumkin, lekin dudlangan kolbasa yoki go’sht solish shart.
Taomning taxminiy bahosi – 6 000 so’mni tashkil qiladi.*
*mahsulot narxi manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Masalliqlar:
2 ta tuxum | |
2 osh qoshiq suv | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
2 dona "pepperoni" kolbasalari yoki xohlagan dudlangan kolbasa | |
yarimta pomidor | |
5 dona zaytun mevasi | |
2 ta shoxcha kashnich | |
20 gramm qattiq pishloq | |
1 choy qoshiq o'simlik yog'i |
Kolbasa va pomidorni mayda to'rtburchak to'g'rab olamiz, pishloqni qirg'ichning mayda tishchasidan chiqaramiz, ko'katni ham mayda to'g'rab olamiz, zaytun mevalarini mayda halqa qilib to'g'raymiz.
Kosaga ikkta tuxumni chaqib solamiz, suv va tuz solamiz, sanchiq bilan aralashtiramiz.
O'rtacha katalikdagi tovaga yog'ni solib, qizdiramiz.
Quymoqning chetlari oqarib, o'rtasi xom qolganida, teng yarmiga barcha masalliqlarni solib chiqamiz – kolbasa, pomidor, zaytun mevasi, pishloq, ko'katlar va ustidan murch sepamiz.
Ikkinchi bo'sh quymoq yarmi bilan asosli qismini ustini yopamiz. Qizarguniga qadar qovurib olamiz.
Tayyor quymoqni issiqligida dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
2 ta tuxum | |
2 osh qoshiq suv | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
2 dona "pepperoni" kolbasalari yoki xohlagan dudlangan kolbasa | |
yarimta pomidor | |
5 dona zaytun mevasi | |
2 ta shoxcha kashnich | |
20 gramm qattiq pishloq | |
1 choy qoshiq o'simlik yog'i |