fbpx
Qulupnay va rovochdan pishirilgan pirog

Qulupnay va rovochdan pishirilgan pirog

Masalliqlar:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Rovochdan pirog tayyorlash mumkinligi haqida bilasizmi? Bugun siz ana shunday juda mazali pirog retseptidan xabardor bo’lasiz.

Bu pirogni tayyorlash juda oson bo’lib, sizdan ko’p vaqtni talab qilmaydi, ajoyib ta’mi esa sizga albatta yoqadi!

Bu pirogni pishirishda biz aylanasi 26 sm li qolipdan foydalandik.

Pishirilgan taomga sarflaniladigan pul taxminan — 17 000 so’m.*

*mahsulot narxi manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.

Masalliqlar:

150 gramm margarin yoki sariyog'
300 gramm un
8 osh qoshiq muzdek suv
1 choy qoshiq limon sharbati
bir chimdim tuz
Asosiga:
200 millilitr smetana
2 ta tuxum
100 gramm shakar
200 gramm po'stidan tozalangan rovoch
200 gramm qulupnay
1 choy qoshiq vanil shakari
Qadam 1
Tugallandi

Tog'orachaga un va tuzni solamiz. Sariyog'ni qirg'ichdan chiqaramiz va ustidan solamiz. Qo'lda yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Oz-ozdan muzdek suv va limon sharbati solib, xamir qora boshlaymiz.

Xamir shar shakliga kirsa, yelim qog'ozga solamiz va sovutgichga 1 soatga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ng xamirni olib, 3-4 mm qalinlikda yoyamiz va kerakli qolipga joylashtiramiz. Chetlari xamirni balandroq bo'lishi kerak, shunda ichidagi asos oqib ketmaydi. Iloji bo'lsa, tartlarga mo'ljallangan qolipdan foydalanamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni ustidan pergament qog'oz to'shaymiz va ustiga "yuk" qo'yib pishiramiz, shunda xamir ko'tarilmay, bir tekis bo'lib pishadi. Bunda no'xat yoki loviyadan foydalansak bo'ladi.

Qadam 5
Tugallandi

190 C darajada qizdirilgan gaz pechida 15 daqiqa, so'ng yukni olib tashlab, 5 daqiqa pishirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Smetana, tuxum, vanil va shakarni kattaroq idishga solib, ko'pirtirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qulpnayni dumchalaridan, rovochni po'stidan tozalab, o'rtacha bo'laklarga bo'lib chiqamiz va pishgan xamirimiz ustiga qo'yib chiqamiz. Ustidan smetanali aralashmani quyamiz.

Qadam 8
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 30-40 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishganidan so'ng olib sovutamiz va dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

150 gramm margarin yoki sariyog'
300 gramm un
8 osh qoshiq muzdek suv
1 choy qoshiq limon sharbati
bir chimdim tuz
Asosiga:
200 millilitr smetana
2 ta tuxum
100 gramm shakar
200 gramm po'stidan tozalangan rovoch
200 gramm qulupnay
1 choy qoshiq vanil shakari
oldingi
«Magnoliya» shirinligi
keyingi
Breadly kafesidan retsept: Tuzli karamel

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.