fbpx
«Zebra» fitnes-chizkeyki

«Zebra» fitnes-chizkeyki

Masalliqlar:

  • Korjiga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Parhezbop shirinliklar nafaqat foydali, balki mazali ham bo’lishi mumkin! Shulardan biri sanalmish banan va tvorogli desert retseptini siz azizlarimizga ham taqdim etamiz.

Tayyorlaniladigan salatga taxminan 17 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Korjiga:
100 gramm suli parchalari
1 dona olma
1 ta tuxum
Asosiga:
500 gramm tvorog
3 ta banan
2 osh qoshiq kakao
15 gramm jelatin
Qadam 1
Tugallandi

Korji

Blender yoki qahvamaydalagichga suli parchalarini solamiz va maydalab, kukunsimon holatga keltiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Alohida idishga esa olma va tuxumni chaqib solamiz va blenderda buni ham maydalab olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Suli uni va olmali pyureni birlashtirib olamiz. Aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Cheti ochiladigan, aylanasi 18-20 sm li qolip olamiz va pergament qog'oz to'shaymiz. Xamirni solib, 180 C darajada qizigan pechda 15 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Asosiga

Tvorog bilan bananni blenderda ezib maydalab olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Yarim stakan suvga jelatinni solib, eritib olamiz va tvorogli massaga quyamiz. Sal suyuqroq bo'lishi uchun yana 100-150 ml suv quyamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Aralashmani teng ikkiga bo'lamiz va bir qismiga kakao solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Ikki xil aralashmani 1 osh qoshiqdan navbati bilan korj ustidan quyib chiqamiz. So'ng 2 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

So'ng o'tkir pichoq bilan qolipidan ajratib olamiz.

Foydali shirinlik ham tayyor, yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Korjiga:
100 gramm suli parchalari
1 dona olma
1 ta tuxum
Asosiga:
500 gramm tvorog
3 ta banan
2 osh qoshiq kakao
15 gramm jelatin
oldingi
«Sezar» salati
keyingi
Ispancha «churros» shirinligi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.