Yong’oqli qarsildoq pechenyelar
Masalliqlar:
-
200 gramm yong'oq
-
180 gramm sariyog'
-
250 gramm shakar
-
1 ta tuxum
-
300 gramm un
-
1 choy qoshiq qabartma
-
bir chimdim tuz
Yo’nalishlar
Mayin ta’mli va shu bilan birga qarsildoq, yong’oq ta’miga boy mana bunday pechenyelar sizlarga ham yoqishi shubhasiz.
Tavsiya: bunday pechenyelar uchun albatta yangi va sifatli sariyog’dan ishlating! Chunku retseptda uning miqdori anchagina bo’lib, uning mazali chiqishi ham bevosita sariyog’ga bog’liq.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 33 000 so’m pul sarflanadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
200 gramm yong'oq | |
180 gramm sariyog' | |
250 gramm shakar | |
1 ta tuxum | |
300 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma | |
bir chimdim tuz |
Tozalangan yong'oqlarni quruq tovaga solib, gazda taxminan 10 daqiqa qovuramiz.
So'ng ularni o'rtacha kattalikda maydalab olamiz.
Xona haroratidagi yumshoq sariyog'ni shakar bilan yaxshilab ko'pirtirib olamiz. So'ng tuxumni solib, ko'pirtirishda davom etamiz.
Alohida idishga un, yong'oq, qabartma va tuzni solib aralashtirib olamiz.
Unli aralashmani yog'li massa bilan birlashtirib, tezda yumshoq xamir qorib olamiz.
Xamirdan yong'oq kattaligidek sharchalar yasab, pergament qog'oz ustidan terib chiqamiz. Ustidan sanchiq bilan bir-ikki marotaba bosib chiqamiz.
Pechenyelarni 180 C darajada qizigan pechga qo'yib, 12-15 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.