fbpx
Yogurtli qayla

Yogurtli qayla

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bu qayla juda ham tez tayyorlaniladi. Taxminan – 5 daqiqada.  Go’shtli, baliqli ovqatlar bilan ham, non-u salatlar bilan ham tortilsa bo’ladi va ularga juda ajoyib ta’m beradi!

Yogurtning o’rniga nordonroq qatiqdan ham foydalansa bo’ladi. Ta’mini ta’bingizga qarab boyitishingiz mumkin. Bu qaylaga mayda to’g’ralgan bodring, achchiq qalampir solsa yoki ko’katlar turini almashtirsa ham bo’ladi. Har qanday usulda ham qaylamiz juda shirin chiqadi.

Masalliqlar:

100 millilitr yogurt
1 tishcha sarimsoqpiyoz
1 osh qoshiq limon sharbati
ta'bga ko'ra ko'katlar shivit, yashil piyoz, yalpiz, rayhon va hokazo
ta'bga ko'ra tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Ko'katlar mayda to'g'raladi (shivit, ko'k piyoz, rayhon, yalpiz, kinza). Sarimsoqpiyoz maydalagichda eziladi. Barcha masalliqlar shakarsiz yogurt yoki qatiq bilan aralashtiriladi. Tuz va murch sepiladi va limon sharbati siqib, hammasi aralashtiriladi.
Qayla tayyor!

Muallif: Sitora

  • 10 daqiqa
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

100 millilitr yogurt
1 tishcha sarimsoqpiyoz
1 osh qoshiq limon sharbati
ta'bga ko'ra ko'katlar shivit, yashil piyoz, yalpiz, rayhon va hokazo
ta'bga ko'ra tuz va murch
oldingi
Cho’pchalarda pishirilgan tovuq
keyingi
Pesto qaylasi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.