fbpx
Yeryong’oqli asosli pechenyelar

Yeryong’oqli asosli pechenyelar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bunday yeryong’oqli pastadan tayyorlanilgan pechenyelar yeryong’oq ta’miga to’yinib pishadi va ajoyib nonushta o’rnini bosib, kun mobaynida organizmni quvvatlantirib turadi.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 10 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

250 gramm qovurilgan yeryong'oq
250 gramm un
100 gramm shakar upasi
65 gramm sariyog'
50 millilitr suv
1 ta tuxum sarig'i
1 chimdim tuz
Qadam 1
Tugallandi

Eritilgan sariyog' ustidan unni solib yaxshilab aralashtirib olamiz, kukunsumon massa hosil bo'lshi kerak. Keyin 1 chimdim tuz va 2 osh qoshiq shakar upasini solamiz va aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Keyin suv bilan tuxum sarig'ini aralashtirib, unli massaga solamiz.
Xamir qoramiz. Xamirni oziq -ovqat pelyonkasiga o'rab sovutkichga 30 daqiqaga qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Asosini tayyorlab olamiz

Yeryong'oqni po'stlog'idan tozalab olamiz. Blender idishiga solib ezib olamiz, so'ng shakar upasini solib, birga aralashtiramiz. Plastinsimon quyuq massa hosil bo'lishi kerak.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirdan bir bo'lagini kesib olamiz va uzunchoq, 3-4 mm qalinlikdagi uzunchoq qilib yoyamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Yeryong'oqli aralashmadan uzunchoq, sosiskasimon shakl yasab, xamirning bir chetiga qo'yamiz va ruletga o'xshatib o'raymiz. Xamirni bir qavat qilib yopamiz, ya'ni asosning ustidan faqatgina bir qavat xamir bo'lishi kerak.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirni har joyini pichoqda yarmigacha kesib chiqamiz, pechenyelarning katta-kichikligini o'zimiz hal qilib kesib chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Kesilgan pechenyelarning ikkita chetini yopishtiramiz "S" harfi shaklini beramiz.

Qadam 8
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 15 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

250 gramm qovurilgan yeryong'oq
250 gramm un
100 gramm shakar upasi
65 gramm sariyog'
50 millilitr suv
1 ta tuxum sarig'i
1 chimdim tuz
oldingi
Videoretsept: Ko’za sho’rva
keyingi
«Xachapuri House» kafesidan retsept: Guriyacha xachapuri

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.