Yeryong’oq va bananli batonchalar
Masalliqlar:
-
180 gramm suli parchalari
-
4 ta yaxshi pishgan banan
-
125 gramm yeryong'oq pastasi
Yo’nalishlar
Nonushtalar va batonchalar siz o’ylaganingizdan ham foydaliroqdir. Bunday batonchalar faqatgina 3 xil mahsulotlardan tayyorlaniladi xolos.
Quyidagi masalliqlardan 5 kishilik batonchalar hosil bo’lib, ularning har biri 315 kKalni tashkil qiladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 50 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
180 gramm suli parchalari | |
4 ta yaxshi pishgan banan | |
125 gramm yeryong'oq pastasi |
Gaz pechini 180 C darajaga yoqib qo'yamiz. To'rtburchak qolip olib, tagiga pergament qog'oz to'shaymiz.
Bananlarni po'stidan tozalab, sanchiq bilan maydalab, pyure qilib olamiz.
Idishga ezilgan banan, suli parchalari va yeryong'oqli pastani solib aralashtirib olamiz.
Aralashmani qolipga solib, ustini tekislaymiz va qizigan gaz pechiga qo'yib, 25 daqiqa davomida pishirib olamiz.
So'ng xohlagan hajmdagi batonchalar kesib olib, iste'mol qilamiz.
Bunday batonchalarni germetik yelim qog'zoga solib, 4-5 kun sovutgichda, 2 oygacha muzlatgichda saqlash mumkin.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
180 gramm suli parchalari | |
4 ta yaxshi pishgan banan | |
125 gramm yeryong'oq pastasi |