fbpx
Yangi karam va pishloqdan qilingan to’rtburchaklar

Yangi karam va pishloqdan qilingan to’rtburchaklar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Yangi karamning mayin barglariga solingan pishloq bo’laklarini qovurganimizda ichidagi pishloq biroz erib, karam esa qarsildoq bo’lib pishadi. Bu noodatiy taom o’zining ta’mi bilan esa, hatto kichkina bolajonlarga ham yoqadi. Ammo bu pishiriqda ishlatadigan pishlog’ingiz sifatli, yaxshio eriydigan bo’lishi shart, aks holda biz kutgan natijani bermaydi.

Masalliqlar:

1 bosh o'rtacha kattalikdagi karam
350 gramm pishloq gauda, emmental'
1,5 piyola maydalangan suxari
3 ta tuxum
qovurish uchun zaytun moyi
ta'bga qarab tuz va murch
birga tortish uchun smetana
Qadam 1
Tugallandi

Qozonga suv solamiz. Ozroq tuz sepib, qaynatamiz.

Qaynagandan so'ng esa karamni solib, 5-10 daqiqa davomida qaynatamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Pishloqni taxminan 4 sm x 6 sm kattalikda kesamiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ng olib, sovutamiz. Karamni barglarini birma-bir ajratib olib, ichiga bir bo'lakdan pishloq solamiz va konvertga o'xshab buklaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Karamli to'rtburchaklarimizni avval tuxumli aralashmaga botiramiz, so'ng maydalangan suxarilarga botirib chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tovaga zaytun moyini solib, karamlarimizni ikki tomonini qizartirib qovurib olamiz. Dasturxonga smetana bilan birga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 bosh o'rtacha kattalikdagi karam
350 gramm pishloq gauda, emmental'
1,5 piyola maydalangan suxari
3 ta tuxum
qovurish uchun zaytun moyi
ta'bga qarab tuz va murch
birga tortish uchun smetana
oldingi
Stuzzico kafesidan retsept: xandon pistali profitrolilar
keyingi
Jem surtilgan biskvitli tort

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.