fbpx
Yalpizli pechenye

Yalpizli pechenye

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Yalpizli ajoyib pechenye. Nafaqat chiroyli rangli balki mazzali va xushbo’y pishiriq. Mayin, yumshoq va uqalanib keladigan pechenye – bir piyola choyga ajoyib qo’shimcha. Albatta ta’tib ko’ring, sizga yoqadi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 15 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
30 gramm yalpiz
100 gramm shakar
100 gramm sariyog'
1 ta tuxum
200 gramm un
0,5 choy qoshiq qabartma
Qadam 1
Tugallandi

Yalpiz barglarini yuvib, quritamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Alohida idishga yalpiz barglarini solib. shakar qo’shib aralashtiramiz. Shakar va yalpizni blender yordamida maydalaymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Yumshoq sariyog’ va tuxum qo’shib, blenderda barchasini aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Natijada yalpiz rangli quyuq massa hosil bo’ladi.

Qadam 5
Tugallandi

Un va qabartmani aralashtirib, yashil massaga qo’shib xamir qoramiz.
Xamir yumshoq va biroz yopishqoq bo’ladi, lekin pechenye yumshoq va mayin qolishi uchun boshqa un qo’shish kerak emas.

Qadam 6
Tugallandi

Xamir qo’lga yopishmasligi uchun, qo’llarni suvlang. Nam qo’llar yordamida kichkina bo’laklar olamiz, dumaloq holatga keltirib, pergament qog’ozi solingan patnisga, orasida masofa qoldirgan holda teramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pechenyelarni sanchqi yordamida ezamiz. 200C gacha qizdirilgan pechda 13-15 daqiqa davomida pishiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Pechenyelar ichi pishishi kerak, ammo ularni vaqtida pechdan olish kerak, bo’lmasa chiroyli rangini yo’qotishadi.

Yoqimli ishtaha!

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 10
  • O’rtacha
  • 200C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
30 gramm yalpiz
100 gramm shakar
100 gramm sariyog'
1 ta tuxum
200 gramm un
0,5 choy qoshiq qabartma
oldingi
Go’shtli sousli kartoshkali klyotskalar
keyingi
Videoretsept: kartoshka pyurelik vatrushka

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.