Xandon pistali biskotti
Masalliqlar:
-
30 millilitr o'simlik yog'i
-
45 gramm sariyog'
-
140 gramm shakar
-
10 gramm vanil shakari
-
2 ta tuxum
-
270 gramm un
-
1 choy qoshiq qabartma
-
150 gramm tozalangan xandon pista
-
50 gramm bodom
-
200 gramm qora shokolad
Yo’nalishlar
Odatiy biskottilar tayyorlashdan zerikkanlar uchun bizlar bugun yangicha – shokoladli glazur va xandon pista bilan tayyorlanadigan biskottilar retseptini taqdim etamiz!
Biskotti – bu mazali va xushbo’y, ammo biroz quruq va qattiqroq bo’lmish italyancha pechenyelar bo’lib, odatda u yong’oqlar va sukatlardan tayyorlaniladi. Bunday pechenyelarning daturxondan qanday tugab qolganini sezmay ham qolasiz.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 46 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan-yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
30 millilitr o'simlik yog'i | |
45 gramm sariyog' | |
140 gramm shakar | |
10 gramm vanil shakari | |
2 ta tuxum | |
270 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma | |
150 gramm tozalangan xandon pista | |
50 gramm bodom | |
200 gramm qora shokolad |
Xona haroratida yumshagan sariyog'ni o'simlik yog'i bilan aralashtirib, mikserda yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Shakar va vanil shakarini solib, silliq holatga kirgunicha ko'pirtirishda davom etamiz.
Tuxumlarni bittadan solamiz va ko'pirtiramiz. Un bilan qabartmani elab solamiz va xamir qorib olamiz.
Bodom va xandon pistani maydalab, xamirga solamiz. Aralashtirib olamiz.
Xamirni teng ikkiga bo'lamiz. Har birini ruletsimon shaklga keltirib, pech patnisiga teramiz. 180 C darajada qizigan pechga qo'yib, 25 daqiqa davomida pishirib olamiz.
So'ng pechdan olib, parrak qilib kesib chiqamiz. So'ng yana 180 C darajada qizigan pechda 8-10 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Biskottilarni sovutib, ustini eritilgan shokoladga botirib olamiz.
Xohishga qarab, ustidan maydalangam xandon pistadan sepamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
30 millilitr o'simlik yog'i | |
45 gramm sariyog' | |
140 gramm shakar | |
10 gramm vanil shakari | |
2 ta tuxum | |
270 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma | |
150 gramm tozalangan xandon pista | |
50 gramm bodom | |
200 gramm qora shokolad |