Xamir xasip
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
650-700 gramm un
-
230-250 millilitr iliq suv
-
1.5 choy qoshiq tuz
-
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
Asosiga:
-
500 gramm mol go'shtidan qiyma
-
4 ta piyoz
-
200 gramm guruch
-
200 gramm dumba yog'i
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
1 choy qoshiq zira
Yo’nalishlar
Xamir xasip juda to’yimli va mazali milliy taomlarimizdan biri bo’lib, u o’zining ajoyib ko’rinishi bilan har bir dasturxonga ko’rk beradi.
Unga kerakli masalliqlar esa deyarli har bir ro’zg’ordan topiladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 40 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
650-700 gramm un | |
230-250 millilitr iliq suv | |
1.5 choy qoshiq tuz | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
Asosiga: |
|
500 gramm mol go'shtidan qiyma | |
4 ta piyoz | |
200 gramm guruch | |
200 gramm dumba yog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
1 choy qoshiq zira |
Katta tog'oraga unni elab solamiz. Ustidan tuzli suv va o'simlik yog'ini quyib, xamir qorib olamiz. Xamirni yaxshilab mushtlaymiz.
Xamirni oziq-ovqat pelyonkasiga yopib, 30 daqiqa xona haroratida qoldiramiz.
Asosini tayyorlab olamiz
Guruchni yuvib, qozonchaga solamiz, ustidan suv quyib, 10 daqiqa mobaynida qaynatib olamiz.
So'ng to'rli suzgichdan o'tkazamiz.
Qiymani tog'orachaga solamiz, piyoz va dumba yog'ini mayda to'rtburchak qillib to'g'rab olamiz va go'sht ustidan solamiz.
Qaynatilgan guruchni solib, tuz, murch va zira sepamiz.
Xamirni yupqa, taxminan 1 mm qilib yoyib olamiz.
So'ng 10x10 sm kattalikdagi bo'laklar kesib chiqamiz.
Xamir bo'laklarining o'rtasidan 1 osh qoshiqdan qiyma solamiz va xuddi do'lmadek tugamiz. Bunda birinchi oldingi burchagini buklaymiz, so'ng ikkita chetki burchaklarini, keyin esa o'raymiz.
Mantiqosqonga yog' surtib, xamir xasiplarni terib chiqamiz.
Qaynayotgan suv ustiga mantiqosqonlarni qo'yamiz va 35-40 daqiqa pishirib olamiz.
Tovaga yog' solamiz, ustidan parrak qilib to'g'ralgan piyozlarni solamiz va biroz qovurib olamiz. So'ng mayda to'g'ralgan bulg'or qalampiri va pomidorni solib, biroz dimlab pishiramiz.
Pishgan xamir xasiplarni ustidan qayla quyib, smetana va ko'katlar bilan birga dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
650-700 gramm un | |
230-250 millilitr iliq suv | |
1.5 choy qoshiq tuz | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
Asosiga: |
|
500 gramm mol go'shtidan qiyma | |
4 ta piyoz | |
200 gramm guruch | |
200 gramm dumba yog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
1 choy qoshiq zira |