fbpx
Videoretsept: yog’li krem bilan to’ldirilgan eklerlar

Videoretsept: yog’li krem bilan to’ldirilgan eklerlar

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Kremiga:

Yo’nalishlar

O’sha bolaligimizni eslatib yuboruvchi eklerlardan tayyorlashni istaysizmi? Unday bo’lsa mayin yog’li krem solib pishiriladigan eklerlar videoretseptini tomosha qiling.

Balkim bir qarashda uni tayyorlash biroz qiyindek tuyilar, ammo bizning batafsil retsept buni uddalashingizga albatta yordam beradi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 so’m pul sarflanadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
200 gramm un
100 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i
180 millilitr suv
2 gramm tuz
5 ta tuxum
Kremiga:
200 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i
150 gramm shakar
2 ta tuxum sarig'i
2 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
250 millilitr sut
1 choy qoshiq vanil shakari
Qadam 1
Tugallandi

Qozonchaga yog', suv, bir chimdim tuzni solamiz va gazga qo'yib, qaynash darajasiga keltiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qaynayotgan suvga unni elab solamiz va yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Aralashma shar holatiga kelguniga qadar aralashtirib olamiz. Olovni o'rtacha qilib, yana bir daqiqa davomida aralashtrib turamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni boshqa idishga olib, aralashtiramiz va taxminan 60 C haroratgacha sovigunga qadar qoldiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tuxumlarni boshqa idishga chaqib solamiz va venchikda aralashtiramiz. Xamirga tuxumlarni solib, mikser yoki lopatka yordamida yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirni qandolatchilik qopchasiga solamiz, "yulduzcha" uchligini ulagan holda, pergament qog'oz to'shalgan patnisga uzunchoq shakllar, 8 sm uzunlikdagi, 2 sm qalinlikdagi eklerlarni chiqarib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Ularni 190 C darajada qizdirilgan gaz pechda 8-10 daqiqa pishirib, so'ng haroratni 170 C ga tushiramiz va yana 20 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Kremini tayyorlaymiz

Qozonchaga tuxum sarig'i, shakar va vanil shakarini solamiz. Gazga qo'yamiz.

Kraxmalni ham sepib, yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Qozonchaga sutning ⅓ qismini (100 ml) quyamiz. Yaxshilab aralashtirib olamiz. Aralashtiramiz, shakar erigandan so'ng esa qolgan sutning hammasini quyamiz (150 ml).

Qadam 10
Tugallandi

Massani past olovda, ustida mayda pufakchalar hosil bo'lgunicha qaynatamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Quyulgan kremni boshqa idishga olamiz va ustini yelim xalta bilan yopib, sovigunga qadar qoldiramiz.

Qadam 12
Tugallandi

Xona haroratida sovigan kremga yumshoq sariyog'ni solamiz va mikserda 5 daqiqa davomida ko'pirtiramiz.

Qadam 13
Tugallandi

Kremni qandolatchilik qopchasiga solamiz, eklerlarni ozgina teshib, ichini krem bilan to'ldiramiz.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida.

Muallif: Sitora

  • 2 soatdan ko'proq
  • Portsiya 25
  • O’rtacha
  • 190 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
200 gramm un
100 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i
180 millilitr suv
2 gramm tuz
5 ta tuxum
Kremiga:
200 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i
150 gramm shakar
2 ta tuxum sarig'i
2 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
250 millilitr sut
1 choy qoshiq vanil shakari
oldingi
Anjir va rukkolali salat
keyingi
Steyk bilan tayyorlangan iliq salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.