fbpx
Videoretsept: tvorogli vatrushka

Videoretsept: tvorogli vatrushka

Masalliqlar:

  • xamiriga

  • asosiga

Yo’nalishlar

Tvorogli vatrushkalar – barchaga tanish uyda oshirma xamirdan tayyorlanadigan ajoyib pishiriq.

Aynan, mana shu retsept bo’yicha tayyorlanadigan vatrushkalar mazali, yumshoq va xushbo’y bo’lib chiqadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiriga
200 millilitr iliq sut
400-500 gramm un
50 gramm maselkadan "Konditer premium" margarini
1 ta tuxum
2-3 osh qoshiq shakar
0,5 choy qoshiq tuz
2 choy qoshiq xamirturush
ustiga suritish uchun tuxum sarig'i
asosiga
250 gramm tvorog
1 ta tuxum oqi
1 osh qoshiq smetana
1 osh qoshiq un
3 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
Qadam 1
Tugallandi

Iliq sutga eritilgan margarin, shakar solib aralashtirimiz.

Qadam 2
Tugallandi

So'ngra iliq aralashmaga xamirturush solib, yaxshilab aralashtiramiz va 15 daqiqaga xamirturushli ko'pik hosil bo'lishi uchun tindirib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirturush ko'pik hosil qilganidan so'ng, unga tuxum va tuz solib, aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Hosil bo'lgan aralashmaga oz-ozdan un solamiz, yumshoq xamir qoramiz va issiq joyga 1-1,5 soatga xamir oshishi uchun olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Asosini tayyorlaymiz. Tvorogga vanil shakari, tuxum oqi, smetana va un solamiz. Yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Oshgan xamirni bir xil hajmdagi bo'laklarga bo'lamiz. Har bir bo'lak tahminan 65 grammdan bo'lishi kerak. Bo'laklardan kichik nonchalar yasab, pergament qog'ozi bilan qoplanagan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Ustiga sochiq yopib, 10 daqiqaga issiq joyga olib qo'yamiz.

Qadam 8
Tugallandi

So'ngra nonchalarda stakanning pastki qismi yordamida chuqurchalar hosil qilamiz. Chuqurchalar ichiga tvorogli asosni solamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Vatrushkalar ustiga tuxum sarig'ini surtib, 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 25-30 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida

  • 1 soat
  • Portsiya 12
  • O’rtacha
  • 190 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiriga
200 millilitr iliq sut
400-500 gramm un
50 gramm maselkadan "Konditer premium" margarini
1 ta tuxum
2-3 osh qoshiq shakar
0,5 choy qoshiq tuz
2 choy qoshiq xamirturush
ustiga suritish uchun tuxum sarig'i
asosiga
250 gramm tvorog
1 ta tuxum oqi
1 osh qoshiq smetana
1 osh qoshiq un
3 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
oldingi
Tvorogli «Bantik» pechenyesi
keyingi
Pomidor va baqlajonli iliq salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.