Videoretsept: Tvorog va smetana solingan quymoqli pirog
Masalliqlar:
-
Quymoqlariga:
-
2 ta tuxum
-
1 osh qoshiq shakar
-
1/2 choy qoshiq vanil shakari
-
140 gramm un
-
500 millilitr "Prostokvashino" suti
-
1-2 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
bir chimdim tuz
-
Tvorogli asosi uchun:
-
450 gramm "Prostokvashino" tvorogi
-
1 ta tuxum
-
1 osh qoshiq shakar
-
Smetanali aralashmasi uchun:
-
340 gramm "Prostokvashino" smetanasi
-
50 gramm shakar
-
1 dona tuxum
-
10 gramm vanil shakari
-
1 choy qoshiq limon yoki apelsin po'sti
Yo’nalishlar
8-10 dona quymoqlaringiz ortib qoldi-yu, ularni nima qilishni bilmayapsizmi? Unday bo’lsa, mana bunday ajoyib pirogdan tayyorlab ko’ring!
Bu pirogni kechqurun tayyorlab, sovutgichga olib qo’ying. Qarabsizki, ajoyib nonushta ertalab dasturxonga hozir!
Masalliqlar:
Quymoqlariga: |
|
2 ta tuxum | |
1 osh qoshiq shakar | |
1/2 choy qoshiq vanil shakari | |
140 gramm un | |
500 millilitr "Prostokvashino" suti | |
1-2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
bir chimdim tuz | |
Tvorogli asosi uchun: |
|
450 gramm "Prostokvashino" tvorogi | |
1 ta tuxum | |
1 osh qoshiq shakar | |
Smetanali aralashmasi uchun: |
|
340 gramm "Prostokvashino" smetanasi | |
50 gramm shakar | |
1 dona tuxum | |
10 gramm vanil shakari | |
1 choy qoshiq limon yoki apelsin po'sti |
Tuxum ustidan tuz va shakarni sepib, venchikda ko'pirtirib olamiz.
Sutni quyib, unni elab solamiz va silliq holatga kirgunicha yaxshilab aralashtirib olamiz. O'simlik yog'i va tuzni ham solamiz.
Xamirni 15 daqiqaga tindirib qo'yamiz.
Yaxshi qizigan tovaga quyib, quymoqlarni pishirib olamiz. Pirog uchun 7-8 dona quymoqlar kerak bo'ladi.
Tvorogli asosni tayyorlab olamiz:
Tvorog, tuxum va shakarni aralashtirib olamiz.
Cheti ochiladigan 18 sm li qolipni olamiz va bir necha qavat qilib, tubi va chetlariga folga to'shab chiqamiz. Chetlari va tubini yaxshilab yog'laymiz.
To'rtta quymoqchani solamiz, bunda bir yarimtasi qolip tubida, ikitasi chetlarida va bittasini o'rtasiga to'shaymiz.
Tvorogli aralashmani yarmini solib, tekislab olamiz.
Ustidan ikkita quymoqni to'shaymiz.
Qolgan tvorogli asosni solib, chetidagi quymoqlarni buklab, asos ustini yopib olamiz.
Gaz pechini 190 C darajaga qizdiramiz.
Smetanali aralashmani tayyorlaymiz:
Smetanani tuxum, shakar va vanil shakari bilan aralashtirib olamiz.
Pirog ustidan quyib, apelsin yoki limon po'stini sepamiz.
Pechga qo'yib, 30-35 daqiqa davomida pishiramiz.
Pishgandan so'ng, pech darchasini ochib, pirogni sovutamiz.
Pirog sovigandan so'ng, pechdan olib, qolipidan ajratamiz va 6 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.
Tayyor pirogni kesib, dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Instagramdagi rasmiy sahifa: @prostokvasino_uzbekistan
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
Quymoqlariga: |
|
2 ta tuxum | |
1 osh qoshiq shakar | |
1/2 choy qoshiq vanil shakari | |
140 gramm un | |
500 millilitr "Prostokvashino" suti | |
1-2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
bir chimdim tuz | |
Tvorogli asosi uchun: |
|
450 gramm "Prostokvashino" tvorogi | |
1 ta tuxum | |
1 osh qoshiq shakar | |
Smetanali aralashmasi uchun: |
|
340 gramm "Prostokvashino" smetanasi | |
50 gramm shakar | |
1 dona tuxum | |
10 gramm vanil shakari | |
1 choy qoshiq limon yoki apelsin po'sti |