Videoretsept: steyk va karamellangan nokli salat
Masalliqlar:
-
2 bog' rukkola
-
20 gramm po'panakli "Dorblu" pishlog'i
-
300 gramm "Jizzax Organic" laxm go'shti
-
30 millilitr zaytun yog'i
-
1 choy qoshiq tuz
-
1 choy qoshiq qora murch
-
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
-
2 ta rozmarin shoxchalari
-
10 gramm sariyog'
-
2 ta nok
-
70 gramm shakar
-
20 gramm sariyog'
-
30 gramm tozalangan yong'oq
-
30 millilitr zaytun yog'i
-
30 millilitr balzam sirkasi
-
1 osh qoshiq asal
-
1 osh qoshiq xantal
-
yarim limon sharbati
Yo’nalishlar
Shirin nok, yong’oq, pishloq, ko’kat va qovurilgan steyk ta’mlari uyg’unlashgan muxtasham salat.
Steykni biz Jizzax Organic mol go’shtining top-bleyd qismidan tayyorladik. Uning asosiy xususiyati vakuum qobig’dadir, bu go’shtni xavfsiz qiladi, chunki:
* go’sht so’yilgandan so’ng uni hech kim tegmagan;
* atrof muhitdan bakteriyalar unga tegmaydi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 95 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
2 bog' rukkola | |
20 gramm po'panakli "Dorblu" pishlog'i | |
300 gramm "Jizzax Organic" laxm go'shti | |
30 millilitr zaytun yog'i | |
1 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq qora murch | |
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi | |
2 ta rozmarin shoxchalari | |
10 gramm sariyog' | |
2 ta nok | |
70 gramm shakar | |
20 gramm sariyog' | |
30 gramm tozalangan yong'oq | |
30 millilitr zaytun yog'i | |
30 millilitr balzam sirkasi | |
1 osh qoshiq asal | |
1 osh qoshiq xantal | |
yarim limon sharbati |
Steyk tayyorlaymiz
Go’shtni yuvib quritib olamiz. Tuz, murch va zaytun yog’i surtamiz.
Steyk qovurilayotganda tez kuymasligi uchun go’shtni sovutgichdan 1 soat oldin chiqarishni tavsiya qilamiz.
Yaxshi qizdirilgan quruq tovada steykning 2 tomonini qizartirib 4-5 daqiqa davomida qovurib olamiz. Tovaga bir nechta sarimsoqpiyoz tishchasi va rozmarin shoxchasini qo’shamiz.
Bir daqiqadan so’ng tovaga sariyog’ bo’lakchalarini solib, zaytun yog’i qo’shamiz. Steykni ustiga tinmasdan erigan sariyog’ni quyib turamiz. Hech narsa kuyishi yoki tagiga olishi kerak emas.
Steykni folga ustiga olamiz, o’rab, 15 daqiqaga dam olgani qoldiramiz.
Nokni tozalab, o’rtacha kubik shaklida to’g’raymiz.
Qizdirilgan tovaga shakar solib uni eritamiz. Sariyog’ qo’shib, aralashtirib eritamiz.
Karamel ichiga nokni solib, qovuramiz. Yong’oq qo’shib, aralashtirib birgalikda 2 daqiqa davomida qovuramiz.
Zaytun yog’i, balzamik sirka, xantal, asal va limon sharbatini idishda aralashtiramiz.
Steykni ingichka bo’laklarga kesamiz.
Masalliqlar:
2 bog' rukkola | |
20 gramm po'panakli "Dorblu" pishlog'i | |
300 gramm "Jizzax Organic" laxm go'shti | |
30 millilitr zaytun yog'i | |
1 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq qora murch | |
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi | |
2 ta rozmarin shoxchalari | |
10 gramm sariyog' | |
2 ta nok | |
70 gramm shakar | |
20 gramm sariyog' | |
30 gramm tozalangan yong'oq | |
30 millilitr zaytun yog'i | |
30 millilitr balzam sirkasi | |
1 osh qoshiq asal | |
1 osh qoshiq xantal | |
yarim limon sharbati |