fbpx
Videoretsept: sosiskali bulochkalar

Videoretsept: sosiskali bulochkalar

Masalliqlar:

  • Bezatish uchun:

Yo’nalishlar

Sosiskali bulochkalar tayyorlashni istaysizmi? O’zingizga uncha ishonmayotgan bo’lsangiz, unda 1 daqiqalik videoretseptimizni tomosha qiling va qanchalik osonligiga o’zingiz ham amin bo’ling.

Bu pishiriqlarinigiz mazali chiqishi uchun asosiy masalliq sanalmmish sosiskalarni faqatgina sifatlisidan xarid qiling.

Sosiskali bulochkalarning mazasi aynan ularga bog’liq.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 24 000 so’m sarflaniladi.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

12 ta sosiska
250 millilitr iliq sut
1 dona tuxum
50 gramm sariyog'
1 osh qoshiq shakar
0,5 osh qoshiq tuz
450 gramm un
11 gramm quruq xamirturush
Bezatish uchun:
1 dona tuxum sarig'i
sepish uchun sedana
Qadam 1
Tugallandi

100 ml iliq sutga 1 choy qoshiqdan shakar va xamirturush solamiz, aralashtirib, 7-10 daqiqa oshishi uchun chetga olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tog'orachaga tuxum, yumshatilgan sariyog', sutli aralashma, 2 choy qoshiq shakar va oparani solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Oz-ozdan unni elab solamiz va xamir qoramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni ustini yopib, 30-40 daqiqa iliq joyga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Oshgan xamirni bir mushtlab olamiz va teng 12 qismga bo'lamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Har bir xamir bo'lagini uzunchoq qlib yoyib olamiz va sosiskalarni o'rab chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Sosiskali bulochkalarni pergament qog'oz to'shalgan patnisga terib chiqamiz.

Ustiga tuxum surtib, sedana sepamiz.

Qadam 8
Tugallandi

10-15 daqiqa ularni tindirib qo'yib, undan so'nggina 180 C da qizdirilgan gaz pechida 35 daqiqa pishirib olamiz. Yoqimli ishaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

12 ta sosiska
250 millilitr iliq sut
1 dona tuxum
50 gramm sariyog'
1 osh qoshiq shakar
0,5 osh qoshiq tuz
450 gramm un
11 gramm quruq xamirturush
Bezatish uchun:
1 dona tuxum sarig'i
sepish uchun sedana
oldingi
Qulupnay va suli yormasidan tayyorlanilgan smuzi
keyingi
«Qizil baxmal» torti

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.