fbpx
Videoretsept: Shokoladli pechenyе «Brauni»

Videoretsept: Shokoladli pechenyе «Brauni»

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Og’izda eriydigan «Brauni» nomli shokoladli pechenyelar mazali shokolad ta’miga va xushbo’y hidga ega.

Pechenyelarning ichki qismi yumshoq va ozroq cho’ziluvchan bo’lib, sirti esa quruq va mazali ko’rinishda bo’ladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
100 gramm qora shokolad
60 gramm sariyog'
125 gramm shakar
1 ta tuxum
65 gramm un
20 gramm kakao kukuni
1 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
Qadam 1
Tugallandi

Shokoladga yumshatilgan sariyog' qo'shib, mikroto'lqinli pechga (15 soniyadan) eritishga qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxum bilan shakarni ko'pik hosil qilib, massa 2-3 martaga ko'paygunicha aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxum va shakarga shokolad va sariyog' aralashmasini qo'shamiz va yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Boshqa idishda un, kakao kukuni qabartma va tuzni aralashtiramiz va asosiy massamizga qo'shamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tayyor bo'lgan massani 15 daqiqaga muzlatgichga qo'yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tayyor bo'lgan xamirdan vazni 40-45 gramm keladigan(8-10 dona) koptokchalar yasaymiz va gaz pechi patnisiga bir-biridan 8-10 santimetr oraliqda joylashtirib chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

180 darajada qizitilgan gaz pechida 12 daqiqa pishiramiz. Aynan 12 daqiqa, undan ko'p emas! Pechenyelar juda yumshoq bo'lib pishadi. Xatto sizga xom ko'rinishi mumkin, ammo unday emas. Agar ularni ko'proq pishirsangiz odatdagidek qattiq, qarsildoq pechenyelar hosil bo'ladi.
Yoqimli ishtaha!

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 8
  • Oddiy
  • 180 С

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
100 gramm qora shokolad
60 gramm sariyog'
125 gramm shakar
1 ta tuxum
65 gramm un
20 gramm kakao kukuni
1 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
oldingi
Ananasli pirog
keyingi
Shivit oshi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.