Videoretsept: shokoladli muss
Masalliqlar:
-
100 gramm oq shokoladyoki sutli shokolad
-
100 gramm qora shokolad
-
400 gramm 35 %li yog'li qaymoq
-
20 gramm jelatin
-
100 millilitr muzdek suv
-
bezak uchun istalgan rezavor meva va mevalar
-
bezak uchun yalpiz (myata)
Yo’nalishlar
Yangi qaymoq va shokoladdan tayyorlanadigan oddiy va mayin desert retseptini taqdim etamiz. Tayyorlanishi uchun bir necha daqiqalar kerak bo’ladi, ammo muss yaxshi qotishi uchun bir necha soat kerak bo’ladi.
Ikki xil shokolad uyg’unlashuvi shirinlik sevuchilarga manzur kelishi aniq.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
100 gramm oq shokolad | |
100 gramm qora shokolad | |
400 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
20 gramm jelatin | |
100 millilitr muzdek suv | |
bezak uchun istalgan rezavor meva va mevalar | |
bezak uchun yalpiz (myata) |
Jelatinga muzdek suv quyib, 10-15 daqiqaga chetga ishishga olib qo'yamiz.
Idishga 100 gramm qaymoq quyib, ustidan ishigan jelatinni solamiz. Aralashtirib turgan holda isitamiz. Qaynab ketishiga yo'l qo'ymaymiz.
Ikkita alohida idishga qora va oq shokoladlarni maydalab solamiz.
Isigan qaymoqni ikkala idishga teng bo'lib quyamiz.
1 daqiqa tindirib, so'ngra shokoladli massalarni aralashtirib, chetga olib qo'yamiz.
Chuqur idishda 300 gramm qaymoqni qattiq pik holatiga kelgunicha aralashtiramiz.
Bezak uchun ozroq ko'pirtirilgan qaymoqni olib qo'yamiz.
Ko'pirtirilgan qaymoqni 2 ga bo'lamiz.
Birinchi qismiga qora shokolad quyib, ehtiyokorlik bilan aralashtiramiz.
Ikkinchi qismiga oq shokolad quyib, aralashtiramiz.
Dasturxonga tortish uchun shaffof idishga birinchi qora, so'ngra oq massani navbatma-navbat solamiz.
Muzlatgichga 1soatga yuboramiz.
Rezavor meva va yalpiz shoxchalari bilan bezatamiz.
Yoqimli ishtaha!
Rasmiy instagram sahifasi:artel_official
Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt
Reklama huquqi ostida
Masalliqlar:
100 gramm oq shokolad | |
100 gramm qora shokolad | |
400 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
20 gramm jelatin | |
100 millilitr muzdek suv | |
bezak uchun istalgan rezavor meva va mevalar | |
bezak uchun yalpiz (myata) |