Videoretsept: shokolad pastasili pankeyklar
Masalliqlar:
-
180 gramm un
-
250 millilitr sut
-
2 ta tuxum
-
2 osh qoshiq shakar
-
1,5 choy qoshiq qabartma
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
100 gramm shokolad va yong'oqli pasta
Yo’nalishlar
Shokolad va yong’oqli pastani yoqtirasizmi? Unda ichida shokolad pastasi bor pankeyklar pishirib ko’ring. Bunday nonushtadan hech kim bosh tortmasligiga aminmiz!
Shokolad va yong’oq pastasili og’izda eriydigan pankeyklar dasturxonga tortilganida hech qanday qo’shimchani talab qilmaydi, ammo uni meva ta’mi bilan boyitish maqsadida ozroq rezavor mevalardan qo’shishngiz mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 15 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
180 gramm un | |
250 millilitr sut | |
2 ta tuxum | |
2 osh qoshiq shakar | |
1,5 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
100 gramm shokolad va yong'oqli pasta |
Pergament qog'oziga bir choy qoshiqdan yumshoq shokolad pastasidan qo'yib, ulardan kichik nonchalar yasaymiz va muzlatgichga 30 daqiqaga qo'yamiz (muzlaguniga qadar).
Pankeyklar uchun xamir tayyorlaymiz. Chuqur idishga tuxum chaqib, sanchqi yoki venchik yordamida aralashtiramiz.
Sut, shakar, tuz, o'simlik yog'i va vanil shakarini solib, aralashtiramiz.
Un va qabartmani alohida aralashtiramiz.
Va unli aralashmani suyuq aralashmaga qo'shib, yaxshilab aralashtiramiz. Xamir qumoqlarsiz, quyuq smetanaga o'xshagan bo'lishi kerak.
Tovani qizdirib, so'ngra olovni o'rtachadan pastroq qilamiz va tovaga 2 osh qoshiqdan xamir solamiz.
Ustiga muzlatilgan shokolad pastasini qo'yib, ustidan yana bir qoshiq xamir quyamiz.
Pufakchalar paydo bo'la boshlaganidan so'ng pankeykni o'girib, ikkinchi tarafini yana 40-50 soniya qizargunicha qovuramiz.
Tayyor bo'lgan pankeyklarni istalgan qo'shimcha bilan dasturxonga tortishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha!
Rasmiy instagram sahifasi:artel_official
Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt
Reklama huquqi ostida
Masalliqlar:
180 gramm un | |
250 millilitr sut | |
2 ta tuxum | |
2 osh qoshiq shakar | |
1,5 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
100 gramm shokolad va yong'oqli pasta |