Videoretsept: sharlotka
Masalliqlar:
-
4 ta tuxum
-
300 gramm shakar
-
210 gramm un
-
400-500 gramm nordon va shirin olma
-
0,5 choy qoshiq dolchin
-
bir chimdim tuz
Yo’nalishlar
Oddiy olmali sharlotka har doim ham dolzarbdir, chunki bu juda oson tayyorlanadigan mazali pirog. Eng muhimi, xamir qilayotganda tuxumni yaxshilab ko’pirtirish.
Sharlotka to’g’ri tayyorlansa, har doim hayratlanarli darajada mazali, nozik va «havodor» bo’lib chiqadi. Va eng asosiysi u ertasi kuni ham mazasini yo’qotmaydi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 18 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
4 ta tuxum | |
300 gramm shakar | |
210 gramm un | |
400-500 gramm nordon va shirin olma | |
0,5 choy qoshiq dolchin | |
bir chimdim tuz |
Chuqur idishga tuxum chaqib, shakar solamiz va massa oqarib, ko'paymagunicha ko'pirtiramiz. Mikserning eng baland tezligida kamida 5-7 daqiqa ko'pirtiramiz.
Elangan unni oz-ozdan solib, ko'pirtirishda davom etamiz.
Olmani artib, o'rtacha to'rtburchak shaklida to'g'raymiz.
Xamirga olmani solib, extiyotkorlik bilan lopatka yordamida aralashtiramiz.
22 sm lik qolipni yog'lab, extiyotkorlik bilan xamirni solamiz va lopatka yordamida tekkislab chiqamiz.
Xamir solingan qolipni 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 40-50 daqiqaga yuboramiz.
Birinchi 30 daqiqada gaz pechini ochish mumkin emas.
Pirog tayyor bo'lganini taxta tayoqcha yordamida tekshiramiz. Uni pirogga tiqamiz, agar quruq chiqsa, demak pirog pishgan.
Yoqimli ishtaha!
Rasmiy instagram sahifasi:artel_official
Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt
Reklama huquqi ostida