Videoretsept: shaftolili yozgi pirog
Masalliqlar:
-
125 gramm margarin yoki sariyog'
-
125 gramm shakar
-
2 ta tuxum
-
80 gramm smetana
-
220 gramm bug'doy uni
-
0,5 gramm vanilin
-
2 gramm tuz
-
500 gramm shaftoli
Yo’nalishlar
Ushbu shaftolili mayin pirog – choy uchun ajoyib qo’shimcha bo’la oladi. Tayyorlanishi juda oson bo’lgan ushbu og’izda eriydigan pirog – sizning eng sevimli retseptlaringiz orasidan joy olishi aniq.
Retseptning ustunlik jihati shunda-ki, asosiga shaftolini o’rniga boshqa istalgan mahsulotingizni solishingiz mukin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
125 gramm margarin yoki sariyog' | |
125 gramm shakar | |
2 ta tuxum | |
80 gramm smetana | |
220 gramm bug'doy uni | |
0,5 gramm vanilin | |
2 gramm tuz | |
500 gramm shaftoli |
Yumshatilgan sariyog'ni ko'pirtiramiz.
Shakar solib, yana ko'pirtiramiz.
Ko'pirtirishda davom etgan holda, bittadan tuxum chaqamiz. Tuz va vanilin solamiz.
Ko'pirtirilgan massaga xona haroratidagi smetanani solamiz. Barchasini yana yaxshilab ko'pirtiramiz.
Elangan un va qabartmani solib, yaxshilab aralashtiramiz.
Hosil bo'lgan massani toblatma uchun mo'ljallangan (diametri - 24-26 sm bo'lgan) qolipga solamiz. ustiga shaftoli bo'lakchalarini terib, 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 45 daqiqaga yuboramiz.
Masalliqlar:
125 gramm margarin yoki sariyog' | |
125 gramm shakar | |
2 ta tuxum | |
80 gramm smetana | |
220 gramm bug'doy uni | |
0,5 gramm vanilin | |
2 gramm tuz | |
500 gramm shaftoli |