fbpx
Videoretsept: «Sezar» pitsasi

Videoretsept: «Sezar» pitsasi

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Nachinka uchun

  • Qayla uchun

Yo’nalishlar

«Sezar» pitsasi mazali bo’lib pishadi: xamirturushli oshgan xamir, biroz achchiq qayla, tovuq bo’lakchalari, cherri pomidori va aysberg barglari ajoyib uyg’unlik yaratadi. Har bir pitsa sevar bu retsepni sevishi aniq.

Ko’rsatilgan masalliqlardan 2ta o’rtacha pitsa pishirsa bo’ladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
200 millilitr iliq suv
3 choy qoshiq shakar
1,5 choy qoshiq quruq xamirturush
0,5 choy qoshiq tuz
2 osh qoshiq zaytun yoki o'simlik yog'i
300 gramm un
Nachinka uchun
400 gramm tovuq filesi
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
0,5 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
italyancha xushbo'y ziravorlar
20 millilitr zaytun yoki o'simlik yog'i
10-12 ta pomidor cherry
yarim bog’ Aysberg salat bargi
200 gramm motsarella pishlog'i
50 gramm parmezan pishlog'i
Qayla uchun
120 gramm mayonez
2 osh qoshiq smetana
1,5 choy qoshiq soya qaylasi
3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz

Idishda xamirturush va shakarni birlashtiramiz. Iliq suv qo’shib aralashtiramiz va 10 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuz va o’simlik yog’i qo’shamiz. Un qo’shib, yumshoq, qo’lga yopishmaydigan xamir qoramiz. Xamirni iliq joyga 1 soatga olib qo’yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Nachinka tayyorlaymiz

Tovuq filesini o’rtacha kubik shaklida to’g’raymiz. Tuz, qora murch, paprika va italiyancha ko’katlar qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

O’simlik yog’ida tovuqni biroz qizartirib qovuramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Cherri pomidorini o’rtadan bo’lamiz.

Qadam 6
Tugallandi

2 xil pishloqni qirg’ichdan chiqaramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qayla tayyorlaymiz

O’rtacha idishda mayonez, smetana, qirg’ichdan chiqarilgan parmezan, soya qaylasi va sarimsoqpiyozni birlashtirib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Oshgan xamirni 2 qismga bo’lamiz. Stol yoki pergament qog’ozini unlaymiz (un o’rniga manka yormasi yoki makkajo’xori unini ishlatish mumkin).

Qadam 9
Tugallandi

Har bir qismni qo’lda cho’zib, yoyamiz va chetlarini shakllantiramiz.

Maslahat: xamirni pergament qog’ozida yoysangiz, uni patnisga olish osonroq bo’ladi.

Qadam 10
Tugallandi

Xamirdan asos ustiga qaylani surtamiz (aysberg barglari uchun biroz qayla qoldiramiz), motsarella pishlog’i sepib, pomidor va tovuqni solamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Pitsani 200C gacha qizdirilgan pechga 10-15 daqiqaga qo’yamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Aysberg barglarini qo’lda yertib, biroz qayla qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 13
Tugallandi

Aysberg barglarini pishgan pitsa ustiga teramiz va dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soat
  • Portsiya 2
  • O’rtacha
  • 200C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
200 millilitr iliq suv
3 choy qoshiq shakar
1,5 choy qoshiq quruq xamirturush
0,5 choy qoshiq tuz
2 osh qoshiq zaytun yoki o'simlik yog'i
300 gramm un
Nachinka uchun
400 gramm tovuq filesi
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
0,5 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
italyancha xushbo'y ziravorlar
20 millilitr zaytun yoki o'simlik yog'i
10-12 ta pomidor cherry
yarim bog’ Aysberg salat bargi
200 gramm motsarella pishlog'i
50 gramm parmezan pishlog'i
Qayla uchun
120 gramm mayonez
2 osh qoshiq smetana
1,5 choy qoshiq soya qaylasi
3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
oldingi
Videoretsept: «Sutli»torti
keyingi
Videoretsept: «Qizil baxmal» braunisi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.