Videoretsept: Sabzavotli kish
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
120 gramm margarin yoki sariyog'
-
230 gramm un
-
2 osh qoshiq smetana
-
bir chimdim tuz
-
Quymasiga:
-
300 gramm smetana
-
3 ta tuxum
-
60 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
-
Asosiga:
-
150 gramm qizil bulg'or qalampiri
-
150 gramm brokkoli karami
-
100 gramm porey piyozi
-
100 gramm konservalangan makkajo'xori
-
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
ustiga sepish uchun qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
Yo’nalishlar
Bu sabzavotli kish — haqiqiy bayramona kayfiyatni taqdim etuvchi taom desak hech ham adashmaymiz.
U juda to’yimliligiga qaramasdan, yegana saring yana yeging kelaveradi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
120 gramm margarin yoki sariyog' | |
230 gramm un | |
2 osh qoshiq smetana | |
bir chimdim tuz | |
Quymasiga: |
|
300 gramm smetana | |
3 ta tuxum | |
60 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq | |
Asosiga: |
|
150 gramm qizil bulg'or qalampiri | |
150 gramm brokkoli karami | |
100 gramm porey piyozi | |
100 gramm konservalangan makkajo'xori | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ustiga sepish uchun qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq |
Tog'orachaga unni elab solamiz. Ustidan muzdek sariyog' yoki margarinni qirg'ichdan chiqarib solamiz va qo'lda yaxshilab ishqalaymiz.
Tuz va smetanani solamiz.
Xamirni dumaloq shaklga keltirib, yelim xaltaga solamiz va 40 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.
Tovaga o'simlik yog'i solib, to'g'ralgan porey piyozini yumshaguniga qadar qovurib olamiz.
Ustidan to'rtburchak qilib to'g'ralgan bulg'or qalampirini solib, 1-2 daqiqa birga qovuramiz.
So'ng bo'laklarga bo'lingan brokkoli karamini solamiz.
Ikki daqiqalardan so'ng makkajo'xorini solamiz, tuz va murch sepib aralashtiramiz va gazdan olib qo'yamiz.
Quymasini tayyorlab olamiz. Bitta idishga tuxum, smetana, 60 gr qirg'ichdan chiqarilgan pishloq solib, venchik yordamida aralashtiramiz. Tuz va murch solib, chetga olib qo'yamiz.
Tingan xamirni ikkita pergament qog'oz o'rtasida, 0,4-0,5 mm qalinlikda yoyib olamiz.
So'ng qolipga olib, chetlarini balandroq qilib olamiz (bizlar aylanasi 24 sm li qolipdan foydalandik).
Xamir ustidan sabzavotlarni solib, ustidan quymasini quyamiz va ozroq qattiq pishloqdan sepamiz.
180 C darajada qizigan pechda 50-60 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
120 gramm margarin yoki sariyog' | |
230 gramm un | |
2 osh qoshiq smetana | |
bir chimdim tuz | |
Quymasiga: |
|
300 gramm smetana | |
3 ta tuxum | |
60 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq | |
Asosiga: |
|
150 gramm qizil bulg'or qalampiri | |
150 gramm brokkoli karami | |
100 gramm porey piyozi | |
100 gramm konservalangan makkajo'xori | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ustiga sepish uchun qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq |
2 Sharhlar Hide Comments
Sabzavotli kish retseptida quymasini tayyorlab olamiz jumlasi 2 bora takrorlanibdi lekin jumla yakuniga yetmagan ekan. Iltimos qarab chiqib, o’zgartirish kirita olasizmi?
Assalomu aleykum, izoh qoldirganingiz uchun raxmat. Xatoliklarni to’g’irladik, kirib ko’rishingiz mumkin)