fbpx
Videoretsept: Sabzavotli halqachalar

Videoretsept: Sabzavotli halqachalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Hadeb go’shtli va ko’p vaqtingizni oladigan taomlarni pishirishdan charchadingizmi? Taomnomangizga yengilroq ovqat kiritishni xohlaysizmi?  Unda vitaminlarga boy, tez hazm bo’ladigan va eng asosiysi kamharj sabzavotli halqachalar sizga muntazir. Tayyorlab ko’ring, afsuslanmasligingiz aniq.

Masalliqlar:

3 bulg'or qalampiri
115 gramm maydalangan suxari
55 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
1choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 choy qoshiq oregano
1 choy qoshiq quritilgan rayhon
1 choy qoshiq tuz
0.5choy qoshiq achchiq yoki shirin qalampir
2 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
3 tuxum
125 gramm makkajo'xori doni
Sous
qatiq
tvorog
petrushka
tuz
Qadam 1
Tugallandi

Gaz pechini 220 darajagacha qizdirib olib, listni zar qog'oz bilan qoplaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Bulg'or qalampirlarni tozalab, 1 santimetr qalinlikda halaqachalarni kesib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Bir idishda makkajo'xori uni, parmezan pishlog'i, sarimsoqpiyoz kukuni, qalampir (paprika), oregano, rayhon va tuzni aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ikkinchi idishda tuxumlarni chaqib, yaxshilab atalaymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Har bir bulg'or qalampiri halqachasini avval unli aralashmada, so'ng tuxumda, keyin esa maydalangan suxarilara bulg'ab olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Halqachalarni zarqog'oz bilan qoplangan listimizga taxlab chiqib, 5-7 daqiqa davomida pishiramiz. So'ng ularning orqa tomonini o'girib, yana 5-7 daqiqaga gaz pechiga q'yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Sousni tayyorlash uchun qatiq, tvorog, petrushka va tuzni blender yordamida bir massaga kelgunicha aralashtirib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tayyor halqachalarimizni sous bilan dasturxonga tortsangiz bo'ladi. Yoqimli ishtaha.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 30 daqiqa
  • O’rtacha
  • 220 daraja

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

3 bulg'or qalampiri
115 gramm maydalangan suxari
55 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
1choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 choy qoshiq oregano
1 choy qoshiq quritilgan rayhon
1 choy qoshiq tuz
0.5choy qoshiq achchiq yoki shirin qalampir
2 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
3 tuxum
125 gramm makkajo'xori doni
Sous
qatiq
tvorog
petrushka
tuz
oldingi
Yong’oq va dolchinli eston pishirig’i
keyingi
Yupqa vaflilar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.