fbpx
Videoretsept: Sabzavotlar bilan choʻpchalarda pishirilgan tovuq

Videoretsept: Sabzavotlar bilan choʻpchalarda pishirilgan tovuq

Masalliqlar:

  • Marinadiga:

Yo’nalishlar

Tovuq go’shtidan qilinadigan kabobchalarni nafaqat ko’rada, balki gaz pechida ham tayyorlash mumkin.

Bunday yegulik juda sersuv va to’yimli bo’lib pishadi.

Tayyorlaniladiganyegulikka taxminan 20 000 soʻm sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

500 gramm tovuq filesi
300 gramm qovoqcha
300 gramm baqlajon
200 gramm bulg'or qalampiri
200 gramm pomidor
4-5 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
Marinadiga:
60 millilitr soya qaylasi
1 choy qoshiq oregano
3 choy qoshiq tovuqqa mo'ljallangan ziravorlar
1 choy qoshiq tuz
4 osh qoshiq zaytun moyi
Qadam 1
Tugallandi

Tovuq go'shtini 2.5 sm kattalikda to'rtburchak qilib to'g'rab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Go'shtni tog'orachaga solamiz. Ustidan soya qaylasini quyib, oregano va ziravorlarni sepamiz. Bir aralashtirib olib, so'ng zaytun yog'ini ham quyamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Yaxshilab aralashtirib, 30-60 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Sabzavotlarni 3-4 sm kattalikda to'g'rab olamiz. Ustidan tuz va ziravorlarni sepib, 2 osh qoshiq zaytun yog'i ham quyamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pomodordan tashqari qolgan sabzavotlar va go'shtni navbati bilan cho'plar (shpajka)ga terib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qolipga terib chiqamiz va ustidan pomidor va sarimsoq piyozni solamiz.

Qadam 7
Tugallandi

180 C darajada qizigan pechda taxminan 45-50 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm tovuq filesi
300 gramm qovoqcha
300 gramm baqlajon
200 gramm bulg'or qalampiri
200 gramm pomidor
4-5 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
Marinadiga:
60 millilitr soya qaylasi
1 choy qoshiq oregano
3 choy qoshiq tovuqqa mo'ljallangan ziravorlar
1 choy qoshiq tuz
4 osh qoshiq zaytun moyi
oldingi
Kefir solib pishirilgan oddiy keks
keyingi
Pechda pishirilgan makkajo’xori

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.