fbpx
Videoretsept: rezavor mevali kremga ega biskvitli rulet

Videoretsept: rezavor mevali kremga ega biskvitli rulet

Masalliqlar:

  • biskvit uchun

  • kremi uchun

Yo’nalishlar

Agar qisqa vaqt ichida tortga o’xshash nimadur pishirishni istasangiz, ammo vaqtingiz cheklangan bo’lsa, unda ushbu rezavor mevali kremga ega ajoyib ruletni tayyorlashingizni maslahat beramiz.

Bunday rulet oson tayyorlanadi va pazandalarni ortiqcha uruntirmaydi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
biskvit uchun
4 ta tuxum
100 gramm un
100 gramm shakar
60 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i
kremi uchun
400 gramm tvorog
3 osh qoshiq smetana
100 gramm Maselkodan "Zayka" quyultirilgan suti
30-50 gramm shakar upasi
1 choy qoshiq vanil shakari
80 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i
100 gramm istalgan rezavor mevalar malina,qulupnay,qorag'at
Qadam 1
Tugallandi

Biskvit tayyorlaymiz:

Tuxum sarig'ini oqidan ajratamiz. Sarig'iga shakar solib, massa oqarib ko'pirgunicha ko'pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxum oqini alohida idishda bir chimdim tuz solib, qattiq pik holatiga kelgunicha ko'pirtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxum sarig'iga un va eritilgan sariyog'ni quyamiz. Lopata yordamida aralashtiramiz. So'ngra 2-3 urunishda ko'pirtirilgan tuxum oqini solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Gaz pechi patnisini pergament qog'ozi bilan qoplaymiz. Xamirni solib, tekkislaymiz. 210 C darajada qizdirilgan gaz pechida 10 daqiqacha qizargunicha pishiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Toza sochiqni namlaymiz. Biskvitni olib, qog'ozini olib tashlaymiz va sochiq bilan rulet shaklida o'raymiz. 10-15 daqiqa yaxshilab sovutamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Krem tayyorlaymiz:

Rezavor mevalarni blender yordamida pyure holatiga keltirib ezamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tvorogga smetana,quyultirilgan sut, vanil shakari(hoxushga qarab) solamiz. Blender yordamida yaxshilab maydalaymiz.

Rezavor mevali pyureni solib, aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Yumshoq sariyog' va shakar upasini alohida ko'pirtiramiz va tvorogli massaga solamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Biskvit sovuganidan so'ng, ochib, krem suritamiz va yana rulet shaklida o'raymiz. Eng kamida 1 soatga muzlatgichga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida

  • 1 soat
  • Portsiya 6
  • Oddiy
  • 210 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
biskvit uchun
4 ta tuxum
100 gramm un
100 gramm shakar
60 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i
kremi uchun
400 gramm tvorog
3 osh qoshiq smetana
100 gramm Maselkodan "Zayka" quyultirilgan suti
30-50 gramm shakar upasi
1 choy qoshiq vanil shakari
80 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i
100 gramm istalgan rezavor mevalar malina,qulupnay,qorag'at
oldingi
Videoretsept: pishirishni talab etmaydigan tvorog va maymunjonli tort
keyingi
Videoretsept: ikki xil asosga ega pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.