fbpx
Videoretsept: rezavor mevali jemga ega shokoladli pirojniylar

Videoretsept: rezavor mevali jemga ega shokoladli pirojniylar

Masalliqlar:

  • biskviti uchun

  • yig'ish uchun

  • ganash uchun

Yo’nalishlar

Bunday pirojniylar ajoyib bayram dasturxonining mazali yakuni bo’la oladi. Rezavor mevali jemga ega shokoladli pirojniylarning mazasi barchaning og’zida qolishi aniq.

Ushbu pirojniylarni bugunoq tayyorlab oila a’zolaringizni yangicha shirinlik bilan lol qoldiring!

Tayyor taomning taxminiy narxi –35 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
biskviti uchun
380 gramm un
280 gramm shakar
60 gramm kakao kukuni
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
1,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
2 ta tuxum
120 millilitr o'simlik yog'i
250 millilitr sut
250 millilitr qaynoq suv
yig'ish uchun
150 gramm jem
1 choy qoshiq tez eriydigan qahva
1 choy qoshiq shakar
30 millilitr qaynoq suv
ganash uchun
90 gramm qora shokolad
150 gramm 35 %li yog'li qaymoq
Qadam 1
Tugallandi

Idishda un va shakarni aralashtirib, kakao kukunini solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

So'ngra qabartma va soda solib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxum, o'simlik yog'i va sut solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qaynoq suv solib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga quyib, tekkislaymiz.

Qadam 6
Tugallandi

170 darajada qizdirilgan gaz pechida 20 daqiqa pishirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pirojniylarni yig'amiz:

Biskvitdan qolip yordamida pirojniylar kesib olamiz va ularni ikkiga bo'lamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Birinchi qismiga konditer qopchasi yordamida jem quyib, ikkinchi qismini ustiga yopamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Ganash tayyorlaymiz:

Idishda shokoladni eritib, qaymoq solamiz va aralashtiramiz. Quyilgunicha kutamiz. Tayyor bo'lgan ganashni pirojniylar ustidan quyamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Pirojniylarni rezavor mevalar bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

Rasmiy instagram sahifasi:artel_official

Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt

Reklama huquqi ostida

  • 50 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 170 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
biskviti uchun
380 gramm un
280 gramm shakar
60 gramm kakao kukuni
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
1,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
2 ta tuxum
120 millilitr o'simlik yog'i
250 millilitr sut
250 millilitr qaynoq suv
yig'ish uchun
150 gramm jem
1 choy qoshiq tez eriydigan qahva
1 choy qoshiq shakar
30 millilitr qaynoq suv
ganash uchun
90 gramm qora shokolad
150 gramm 35 %li yog'li qaymoq
oldingi
Batafsil fotoretsept: shokoladli medovik
keyingi
Videoretsept: ikki xil rangli pechenye

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.