fbpx
Videoretsept: quyultirilgan sut bilan tvorogli pechenye

Videoretsept: quyultirilgan sut bilan tvorogli pechenye

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Nachinka uchun

Yo’nalishlar

Ajoyib ta’mi bilan barchani lol qoldiradigan, xushbo’y va juda oson pishiriladigan pechenye tayyorlash usuli. Tvorog qo’shilganligi sababli xamir juda mayin va yumshoq bo’ladi, qaynatilgan quyultirilgan sut bilan esa yanada mazzali. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
360 gramm 5-9 % li tvorog
150 gramm yumshatilgan sariyog'
50 millilitr 15-20 % li smetana
50 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
320 gramm un
Nachinka uchun
200 gramm qaynatilgan quyultirilgan sut
20 gramm shakar upasi
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz

Idishda tvorog, shakar va yumshoq sariyog’ni aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Smetana qo’shib yana aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Vanil shakari, qabartma va elangan un qo’shamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Yumshoq, qo’lga yopishmaydigan xamir qoramiz.
Tayyor xamirni paketga solib, 30 daqiqaga sovutgichga olib qo’yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sovutilgan xamirni un sepilgan stolda 3 mm qalinlikda yoyamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Uzunligi 8 sm eni 9 sm li lentalarga kesamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Har bir lentaning pastki chetiga 1 choy qoshiq qaynatilgan quyultirilgan sut solib, bir qavat xamir bilan berkitib hamma tomonini chimdib yopishtirib olamiz. Keyin rulet shaklida o’raymiz.

Qadam 8
Tugallandi

Pergament qog’ozi solingan patnisga, orasida masofa qoldirib terib chiqamiz.

Qadam 9
Tugallandi

180C darajagacha qizdirilgan pechga 30 daqiqaga qo’yamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Tayyor pechenyeni sovutib, bezak uchun shakar upasi sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat 10 daqiqa
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
360 gramm 5-9 % li tvorog
150 gramm yumshatilgan sariyog'
50 millilitr 15-20 % li smetana
50 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
320 gramm un
Nachinka uchun
200 gramm qaynatilgan quyultirilgan sut
20 gramm shakar upasi
oldingi
Salqin qahvalik ichimliklar
keyingi
Batafsil fotoretsept: qovoqcha va sabzili koreyscha salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.