fbpx
Videoretsept: Qorag’at solib pishirilgan shokoladli tart

Videoretsept: Qorag’at solib pishirilgan shokoladli tart

Masalliqlar:

  • Xamirli asosiga:

  • Asosiga:

  • Merengasiga:

Yo’nalishlar

Ajoyib ko’rinish va betakror ta’mga ega bo’lmish shokoladli tartni bu safar qorag’at bilan pishirishga qaror qildik.

Shirin-nordon ta’mli rezavor meva va paxtadek mayin merenga ajoyib bir yaxlitlikni hosil qilgan.

Shuningdek, qorag’at o’rniga xohlagan mevalaringizdan ham solishingiz mumkin.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 30 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamirli asosiga:
120 gramm sariyog'
90 gramm shakar
2 ta tuxum sarig'i
5 gramm qabartma
170 gramm un
20 gramm kakao kukuni
bir chimdim tuz
Asosiga:
300 gramm muzlatilgan yoki yangi uzilgan qorag'at
130 gramm shakar
15 gramm makkajo'xori kraxmali
Merengasiga:
3 ta tuxum oqi
150 gramm shakar upasi
Qadam 1
Tugallandi

Xona haroratida yumshagan sariyog'ni shakar bilan birga ko'pirtirib olamiz. So'ng tuxum sarig'ini solib, ko'pirtirishda davom etamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Ustidan un, qabartma, kakao va bir chimdim tuzni solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tezda xamir qorib olamiz va unga aylana shakl beramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qolipga pergament qog'oz to'shab, ustidan xamirni yoyib joylashtiramiz. Chetlarini o'rtasiga nisbatan balandroq qilib yoyamiz.

180 C darajada qizigan pechda 10-12 daqiqa davomida pishiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qorag'atni shakar va kraxmal bilan aralashtirib, pishgan korj ustidan tekis qilib solib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Shakar upasini tuxum oqi bilan birgalikda yaxshilab ko'pirtirib olamiz va tart ustidan surtib chiqamiz.

140 C darajada qizigan pechda 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamirli asosiga:
120 gramm sariyog'
90 gramm shakar
2 ta tuxum sarig'i
5 gramm qabartma
170 gramm un
20 gramm kakao kukuni
bir chimdim tuz
Asosiga:
300 gramm muzlatilgan yoki yangi uzilgan qorag'at
130 gramm shakar
15 gramm makkajo'xori kraxmali
Merengasiga:
3 ta tuxum oqi
150 gramm shakar upasi
oldingi
Ko’k choyli yaxna ichimlik
keyingi
Bulg’or qalampiri bilan pishirilgan kartoshka

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.