Videoretsept: «Qoplon» pechenyesi
Masalliqlar:
-
125 gramm sariyog'
-
100 millilitr o'simlik yog'i
-
20 gramm makkajo'xori kraxmali
-
200 gramm shakar upasi
-
5 gramm qabartma (razrixlitel)
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
300-350 gramm un
-
3 osh qoshiq kakao kukuni
Yo’nalishlar
Agar uyda pishiriqning isi bo’lsa, demak tashqarida qanday ob-havo bo’lishidan qatiy nazar, uyongiz issiq va shinam. Ushbu retsept bo’yicha siz mazali, uvalanuvchan va eng muhimi noodatiy pechenyelarga ega bo’lasiz.
Bundan tashqari, «yurak» shaklidagi bunday pechenye sizning yaqinlaringizga yoqimli sovg’a bo’la oladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 19 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
125 gramm sariyog' | |
100 millilitr o'simlik yog'i | |
20 gramm makkajo'xori kraxmali | |
200 gramm shakar upasi | |
5 gramm qabartma (razrixlitel) | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
300-350 gramm un | |
3 osh qoshiq kakao kukuni |
Sariyog'ni eritib idishga solamiz. O'simlik yog'i va kraxmal solib, aralashtiramiz.
So'ngra shakar upasi, qabartma va vanil shakari solib, yaxshilab aralashtiramiz
Hosil bo'lgan massaga unni yarimini solib, yaxshilab aralashtiramiz. So'ngra qolganini solamiz. Yumshoq xamir hosil bo'lishi lozim.
Maslahat: xamir ozroq uvalanuvchan bo'ladi, yaxshilab qorish kerak.
Tayyor xamirni 2 ta bir xil bo'lakka bo'lamiz. Bitta bo'lakni chetga olib qo'yamiz.
Ikkinchi bo'lakni yana ikkiga bo'lamiz. Birinchisiga 1 osh qoshiq kakao, ikkinchisiga 2 osh qoshiq kakao solib, xamir bir xil tusga kirishi uchun yaxshilab qoramiz (bitta bo'lakning rangi ikkinchisidan to'qroq bo'lishi kerak).
Oq rangli xamirni ikkita pergament qog'ozi orasida 0,5 sm qalinlikda yoyamiz.
Qora rangli bo'lakdan ozroq olib, yoyilgan xamir ustiga orasida masofa qoldirgan holda qo'yib chiqamiz va ustiga pergament qog'ozini qo'yib, xamirlar bir-biriga yopishib ketishi uchun yoyamiz.
Qoradan ochroq rangli xamirdan ham ozroq olib, qora rangli xamir ustiga qo'yib chiqamiz va yana huddi shu tarzda pergament qo'yib yoyamiz.
Qolipchalar yordamida pechenyelarni kesib, pergament qog'ozi bilan qoplanagan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.
Maslahat: tayyor pechenyelarni ehtiyotkorlik bilan tortga mo'ljallangan lopata yoki keng pichoq yordamida olamiz.
Masalliqlar:
125 gramm sariyog' | |
100 millilitr o'simlik yog'i | |
20 gramm makkajo'xori kraxmali | |
200 gramm shakar upasi | |
5 gramm qabartma (razrixlitel) | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
300-350 gramm un | |
3 osh qoshiq kakao kukuni |