fbpx
Videoretsept: Qaynatilgan kremli pechenyelar

Videoretsept: Qaynatilgan kremli pechenyelar

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Kremiga:

Yo’nalishlar

Vanil ta’mli qaynatma krem bilan boyitilgan yurakchasimon pechenyelarning batafsil tayyorlanish retseptini taqdim etamiz.

Ularni chiroyli qutichalarga solib, sovg’a sifatida yaqin insonlaringizga taqdim etishingiz mumkin!

Tayyorlanadigan yegulikka taxminan 20 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqt gagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
200 gramm margarin yoki sariyog'
80 gramm shakar upasi
bir chimdim tuz
1 dona tuxum sarig'i
270 gramm un
40 gramm makkajo'xori kraxmali
2-3 osh qoshiq muzdek suv
Kremiga:
4 ta tuxum sarig'i
40 gramm makkajo'xori kraxmali
75 gramm shakar
500 millilitr sut
1 choy qoshiq vanil shakari
Qadam 1
Tugallandi

Xamirini tayyorlab olamiz

Unga kraxmalni solib, aralashtirib olamiz. Muzdek sariyog' yoki margarinni qirg'ichdan chiqarib olamiz va qo'lda ishqalab, unsimon ko'rinishga keltiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuz, shakar, tuxum va muzdek suvni solib, xamir qorib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni yelim xaltaga solib, 1 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qaynatma kremni tayyorlab olamiz

Tuxum sarig'i ustidan shakar va vanil shakarini solib, aralashtirib olamiz. So'ng kraxmalni solib, 100 millilitr sutni ham ustidan quyamiz. Aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qolgan 400 millilitr sutni qaynash darajasiga keltirib olamiz va kraxmalli aralashmani oz-ozdan quyamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Muntazam aralashtirib, past olovda quyulgunicha qaynatib pishiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Kremni boshqa idishga quyib, ustiga oziq-ovqat pelyonkasini tekizib yopamiz. Sovishi uchun salqin joyga olib qo'yamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Pechenyelarni yasash

Xamirni sovutgichdan olib, 2-3 mm qalinlikda yoyib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Ulardan yurakchasimon shakllar yasab chiqamiz va o'rtasiga oz-ozdan kremdan solamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Ustidan boshqa kremsiz bir xamirni qo'yamiz va chetlarini sanchiq bilan yopishtirib chiqamiz.

Qadam 11
Tugallandi

200 C darajada qizigan pechda 13-15 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Pechenyelarni sovutib, ustidan shakar upasi sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha
  • 200 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
200 gramm margarin yoki sariyog'
80 gramm shakar upasi
bir chimdim tuz
1 dona tuxum sarig'i
270 gramm un
40 gramm makkajo'xori kraxmali
2-3 osh qoshiq muzdek suv
Kremiga:
4 ta tuxum sarig'i
40 gramm makkajo'xori kraxmali
75 gramm shakar
500 millilitr sut
1 choy qoshiq vanil shakari
oldingi
Avokadoli bruskettalar
keyingi
Marinadlangan qizil lavlagi va karam

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.