fbpx
Videoretsept: qaymoqli qayla ostida tovuq va sabzavotlar

Videoretsept: qaymoqli qayla ostida tovuq va sabzavotlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qaymoq va pishloqli qayla ostida sabzavotlar va ziravorlar bilan dimlangan mayin tovuq filesini tayyorlab ko’rishni taklif qilamiz. Uni istalgan garnir bilan yoki alohida taom sifatida dasturxonga tortish mumkin. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 65 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm tovuq filesi
2 ta o'rtacha qovoqcha
2 ta o'rtacha sabzi
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
200 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
150 gramm motsarella pishlog'i
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
0,5 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
20 gramm sariyog'
Qadam 1
Tugallandi

Tovuq filesini tozalab, o’rtacha xajmda bo’laklarga kesamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qovoqcha va sabzini o’rtacha kubik shaklida to’g’raymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Sariyog’da tovuqni qovuramiz, sarimsoqpiyoz, tuz, murch va paprika qo’shamiz. O’rtacha olovda 10 daqiqa davomida qovuramiz.
Sariyog’ o’rniga o’simlik yog’ini ishlatish mumkin.

Qadam 4
Tugallandi

Tovuqni tarelkaga olib, ana shi tovada qovoqcha va sabzini 10 daqiqa davomida qovuramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sabzavotlarga tovuqni qo’shamiz. Qaymoqni qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qayla biroz quyuqlashgandan so’ng, qirg’ichdan chiqarilgan pishloq qo’shib aralashtiramiz va yana 5 daqiqa davomida dimlaymiz.

Qadam 7
Tugallandi

Taomni ham alohida, ham garnir bilan dasturxonga tortish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat
  • Portsiya 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm tovuq filesi
2 ta o'rtacha qovoqcha
2 ta o'rtacha sabzi
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
200 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
150 gramm motsarella pishlog'i
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
0,5 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
20 gramm sariyog'
oldingi
Videoretsept: karamellangan piyoz va qo’ziqorinli qatlama tart
keyingi
Videoretsept: pishirilmaydigan bananli pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.