fbpx
Videoretsept: pechenye va kremlik pishirilmaydigan tort

Videoretsept: pechenye va kremlik pishirilmaydigan tort

Masalliqlar:

  • Qaynatilgan krem uchun

  • Shokolad glazuri uchun

Yo’nalishlar

Qaynatilgan krem va pechenyedan tayyorlanadigan pishirilmaydigan tort yumshoq va mayin bo’lib pishadi. Bunday mazali va chiroyli torni nafaqat tajribali pazandalar, balki kichkina yordamchilar ham tayyorlay oladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 55 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
400 gramm qumoq pechenye (pesochniy)
Qaynatilgan krem uchun
1 litr sut
2 ta tuxum
150 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil ekstrakti yoki shakari
40 gramm un
40 gramm makkajo'xori kraxmali
100 gramm sariyog'
Shokolad glazuri uchun
100 gramm sutli yoki qora shokolad
20 millilitr o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Krem tayyorlaymiz

Bir idishda un, shakar, vanil shakari va tuxumni aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Oz-ozdan sut qo’shib, yaxshilab aralashtiramiz. Massa bir-xil, silliq bo’lishi kerak.

Qadam 3
Tugallandi

Past olovga qo’yamiz. Massani tagiga olmasligi, va yopishib qolmasligi uchun tinmay aralashtiramiz. Qaynatilgan krem quyulib, qaynashni boshlasa olovdan olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Issiq qaynatma kremga yumshoq sariyog’ qo’shib, eriguncha aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qolipga pechenyelarni teramiz. Ustiga qalin qilib krem surtamiz. Krem tugaguncha pechenye va krem qatlamlarini solib chiqamiz. Oxirgi qavat krem bo’lishi kerak.

Qadam 6
Tugallandi

Plyonkani kremga tekkizib berkitamiz va glazur tayyorlanguncha sovutgichga qo’yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Shokoladni mikroto’lqinli pech yoki suv banyasida eritamiz. O’simlik yog’i qo’shib, silliq suyuq holga kelguncha aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Glazurni tort ustiga quyib, tekkislab, 4-5 soat yoki tunga sovutgichga qo’yamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Tayyor tortni to’rtburchak bo’laklarga kesib, issiq choq bilan dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 25 daqiqa
  • Portsiya 10
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
400 gramm qumoq pechenye (pesochniy)
Qaynatilgan krem uchun
1 litr sut
2 ta tuxum
150 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil ekstrakti yoki shakari
40 gramm un
40 gramm makkajo'xori kraxmali
100 gramm sariyog'
Shokolad glazuri uchun
100 gramm sutli yoki qora shokolad
20 millilitr o'simlik yog'i
oldingi
Batafsil fotoretsept: losos balig’i va ismaloqli qatlama pirog
keyingi
Videoretsept: «Kamdi-cha» koreys salati

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.