fbpx
Videoretsept: pechda pishirilgan qarsillagan kartoshka

Videoretsept: pechda pishirilgan qarsillagan kartoshka

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Turli xil eng mazzali taomlarni ta’tib ko’rish mumkin, ammo pechda pishirilgan kartoshkani barcha sevadi. 

Ajoyib ta’mli va juda oson tayyorlanadigan pechda pishirilgan kartoshka tayyorlashni taklif qilamiz. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 15 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
6 ta kartoshka
3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
2 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
2 choy qoshiq tuz
2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 choy qoshiq oregano
1 choy qoshiq rozmarin
1 choy qoshiq qora murch
40 millilitr zaytun yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Kartoshkani tuzli suvda qaynatamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qaynatilgan kartoshkani pergament qog’ozi solingan solingan patnisga teramiz va ustini og’ir narsa - pyure ezgich yoki banka yordamida ezamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Zaytun yog’iga ziravorlar va maydalangan sarimsoqpiyozni qo’shamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ezilgan kartoshka ustiga yog’ni surtamiz.

Qadam 5
Tugallandi

230С gacha qizdirilgan pechda 30-35 daqiqa davomida usti qizarib va qarsildoq bo’lguncha pishiramiz. 
Xoxishga ko’ra tayyor kartoshkani ustiga maydalangan ko’kat yoki qirg’ichdan chiqarilgan parmezan pishlog’ini sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 50 daqiqa
  • Portsiya 3
  • Oddiy
  • 230C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
6 ta kartoshka
3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
2 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
2 choy qoshiq tuz
2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1 choy qoshiq oregano
1 choy qoshiq rozmarin
1 choy qoshiq qora murch
40 millilitr zaytun yog'i
oldingi
Videoretsept: pechda pishirilgan tandir somsa
keyingi
Videoretsept: kartoshkali chipslik chizburger

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.